So’nggi yangiliklar

02:34"Спортинг" раҳбари Гёкерешнинг йиғинга келмагани ҳақида: "Даҳолар босим ўтказиш орқали трансферни осонлаштирамиз деб ўйлашади, аммо бу уни қийинлаштиради. Ҳаммаси катта жарима ва кечирим сўраш билан ҳал бўлади"  0 00:55Футзал. "Қизилқум" ўтиш ўйинида "Пахтакор"ни мағлуб этиб, Олий лигага йўлланма олди  0 00:22"Челси"га Доннарумма ёқади. Футболчи КЖЧдан сўнг битим борасида қарор қабул қилади  2 23:58Шквирин "Андижон"да  3 23:31Суперлигада 2025 йилги мавсумнинг илк қисмидаги энг яхши 10 ўйинчи  4 22:36"Барселона"га "Челси" форварди керак  6 22:11ЦСКА ва Аббос Файзуллаев — Россия Суперкубоги соҳиби  9 21:40Элдор Шомуродов нега айнан "Истанбул Башакшеҳир"ни танлади?  8 20:48"Ливерпуль" футболчиси "Реал"га ўтишга тайёр  4 20:20Неймар қиз фарзандли бўлди, Роналду яхтада Жоржина билан сайрга чиқди. Футбол юлдузлари ҳафтани қандай ўтказди?  4 19:55Тебас "Реал"нинг Ла Лигадаги биринчи ўйинини кўчирилмаслигини айтди  9 19:24"Ювентус" футболчиси Дуглас Луис фаолиятини АПЛда давом эттириши мумкин  1 18:59"Арсенал" "Барселона" ярим ҳимоячиси учун курашга қўшилди  19 18:52"Навбаҳор", "Динамо", "Бухоро"га жарима ва яна кўплаб қарорлар – Тартиб-интизом қўмитасининг навбатдаги йиғилиши тафсилотлари  16 18:29Эшитдик-да! Жамшид "Нефтчи"дан "Навбаҳор"га қайтмоқда  21

Rossiya premer ligasi: SHomurodovning golli seriyasini tugatgan va "Rostov"ni yana to'xtatgan "Ufa" hamda turning boshqa tafsilotlari Yangiliklar

Rossiya premer ligasi: SHomurodovning golli seriyasini tugatgan va "Rostov"ni yana to'xtatgan "Ufa" hamda turning boshqa tafsilotlari

Rossiya chempionatining 6-tur yakunlari haqida to'xtalib o'tamiz.

Vadim Afonin to'p tepayotgan "Orenburg" o'z uyida "Sochi"ni qabul qildi. Murosasiz o'tgan bahsda jamoalar yakunda murosa ko'chasini tanlashga qaror qilishdi. Afonin esa uchrashuvni boshlang'ich tarkibda boshlab, o'yinni to'liq o'tkazdi.

Eldor SHomurodovning to'purarlar poygasidagi raqobatchisi Aleksandr Sobolev harakat qilayotgan "Krilya Sovetov" mehmonda "Ural" qarshiligini engdi. Uchrashuvda esa Sobolev mavsumdagi beshinchi golini kiritib, jamoasi g'alabasiga hissa qo'shdi. 

Evropa chempionlar ligasi saralash bosqichidagi muvaffaqiyatdan ruhlangan "Krasnodar" "Tambov" jamoasini safarda ishonchli tarzda mag'lubiyatga uchratdi. 

Amaldagi chempion "Zenit" esa o'z maydonida Grozniyning "Axmat" klubi bilan bellashdi. Uchrashuvning katta qismini bir kishi kam bo'lib o'tkazgan mehmonlar bahs yakuniga qadar tablodagi 0:0 hisobini ushlab qolishni uddasidan chiqib, uylariga qimmatli 1 ochko bilan qaytishni uddalashdi. "Zenit" esa joriy mavsumdagi ikkinchi durangni qayd etdi.

Roman SHaronov boshqarayotgan "Rubin" mazkur turda Tulaning "Arsenal" klubi bilan to'qnashdi. O'tgan turdagi muvaffaqiyatsizlikdan keyin "Rubin" bu gal yagona gol evaziga g'alaba qozondi. Vitaliy Denisov esa yana zaxirada qoldirildi. Qayd etish kerakki, Denisov ikkinchi turdagi o'yindan keyin asosiy tarkibdagi joyini yo'qotib qo'ydi.

Karpin boshqaruvidagi "Rostov" bu gal "Ufa" mehmoniga aylandi. O'tgan mavsumda "Ufa"ni mag'lub etishni uddalay olmagan "Rostov" bu safar ham buni amalga oshira olmadi. Igbunning dubli "Rostov" javob qaytara olmadi va joriy mavsumda ilk bor mag'lubiyatga uchradi. Uchrashuvda to'liq o'ynagan SHomurodov ham maydonni golsiz tark etdi. O'tkazilgan 6 o'yinda SHomurodov ikkinchi marotaba raqib darvozasiga yo'l topa olmadi. Bunga qadar "Spartak" bilan o'yinda Eldor raqib darvozasini ishg'ol etolmagandi. SHomurodov gol urmagan bahsda esa "Rostov" mag'lubiyatga uchradi. Eldor uchun "Ufa"ga qarshi o'yin uning Rossiya chempionatidagi yubiley 50-uchrashuviga aylandi.

Turning so'nggi ikki bahsi Moskva derbisiga aylandi. "Dinamo"ni dastlab "Lokomotiv"ni qabul qilgan bo'lsa, CSKA "Spartak" mehmoniga aylandi.

Dastlabki derbida "Loko" aka-uka Miranchuklarning goli evaziga muhim g'alabani tantana qildi. Ikkinchi derbida esa Jigoning dubli "qaynoq" o'tgan "Spartak" - CSKA qarama-qarshiligida mezbonlarga g'alabani taqdim etdi.


SHu tariqa Rossiya premer ligasida 6-tur o'yinlari yakunlandi. Mazkur turda ikkita durang hamda 3tadan mehmon va mezbon jamoalarning g'alabasi kuzatildi. Jamoalar 6-turda jami 17ta gol urishni eplashdi.

Kelasi turda SHomurodov to'p tepayotgan "Rostov" o'z uyida Denisov jamoasi "Rubin"ni mehmon qiladi.

Turnir jadvaliga etibor qaratadigan bo'lsak, "Zenit" garchi ochko yo'qotgan bo'lsada 14 ochko bilan yakka peshqadamlik qilmoqda. "Loko" va "Krasnodar" mazkur turdagi g'alabalar bilan "Zenit"ga yaqinlashib olishdi hamda 13 ochko to'plagan holda 2-3 o'rinlarni bo'lishib turishibdi. "Rostov" esa beshinchi o'ringa tushib ketgan bo'lsa, "Spartak" to'rtinchi pog'onaga ko'tarilib oldi. O'zaro durang o'ynagan "Orenburg" va "Sochi" esa hali ham g'alaba qozongani yo'q va ular munosib ravishda eng oxirgi o'rinlarni band etib turishibdi.

To'purarlar ro'yxatida esa "Krilya Sovetov" hujumchisi Aleksandr Sobolev yakka peshqadamga aylandi. Artyom Dzyuba va Eldor SHomurodov esa 4tadan gol bilan ushbu ro'yxatda ikkinchi o'rinni bo'lishib turibdi.

Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика