Rossiya Premer-ligasi. SHomurodov va "Rostov" yana mag'lub yoxud 17-tur yakuni
25 noy 2019 18:59
Yangiliklar


Rossiya Premer-ligasi. SHomurodov va "Rostov" yana mag'lub yoxud 17-tur yakuni
Mehmonlarning irodali g'alabasi
Ushbu uchrashuvda qo'lga kiritiladigan uch ochko har ikkala jamoaga juda zarur edi. "Tambov" hamda Moskvaning "Lokomotiv" o'rtasida kechgan keskin va murosasiz bahsda meg'monlar kuchli xarakterlari evaziga muvaffaqiyat qozonishdi. SHu kuni Saranskdagi "Mordoviya arena" stadioniga yig'ilgan ishqibozlar naq 5 ta gol ko'rishdi. Dastlab, Gjegoj Kryxovyak hisobni ochdi. Oradan besh daqiqa o'tar-o'tmas Adesoye Oyevole o'z darvozasini ishg'ol qilib qo'ydi va hech qancha vaqt o'tmasidan Vladimir Obuxov farqni qisqartirdi. Ikkinchi bo'lim boshlanishi bilanoq, mezbonlar hujumga zo'r berishdi va bu o'z samarasini berdi. Mixail Kostyukov to'p kiritib, muvozanatni tikladi. "Temiryo'lchilar" esa, bunga tezkorlik bilan munosib javob qaytarishdi. 56-daqiqada yana o'sha Kryxovyak katta sahnaga chiqdi va o'zining o'yindagi ikkinchi, jamoasining uchinchi golini urishga erishdi.
FC Tambov Vladimir Obukhov - 39', Mikhail Kostyukov - 47' |
Premier League . 17-tur 22/11/2019, 21:30 3
:
2
Tugadi
|
Lokomotiv Moscow Grzegorz Krychowiak - 29', Adesoye Oyevole - 34', Grzegorz Krychowiak - 56' |
Stadion: Mordovia Arena
Orenburgda ham mag'lubiyat
G'alaba har qachongidanda kerak bo'lgan o'yinda Orenburg shahrining aynan shu nom bilan ataluvchi klubi o'tgan turdagi ochko yo'qotilishi ketidan salkam autsayderga aylanib qolgan "Axmat"ga yutqazib qo'ydi. O'yinga keladigan bo'lsak, oldiniga 36-daqiqada yuzaga kelgan penaltidan Andres Ponse unumli foydalandi va hisobni ochdi. Ikkinchi bo'limda Odise Roshi farqni ikkitaga oshirdi. Asosiy vaqtga qo'shib berilgan daqiqalarning birinchisida portugaliyalik Rikardu Alvesh o'rniga zahiradan maydonga tushgan Jiga SHkoflek tomonidan kiritilgan gol faqatgina hisobni qisqartirdi, xolos.
FC Orenburg Ziga Skoflek - 90' |
Premier League . 17-tur 23/11/2019, 13:30 2
:
1
Tugadi
|
FK Akhmat Andres Ponce - 36', Odise Roshi - 74' |
Stadion: Gazovik Stadium
Etakchida qiyin g'alaba
O'yin oldidan, Qozon shahri jamoasining "piterliklar"ga etarlicha boshog'rig'i bo'lishi ko'pchilik tomonidan tahmin qilingandi va amalda shunday ham bo'ldi. Kutilganidek, "Rubin" hamda "Zenit" o'rtasidagi uchrashuv keskin ruhda boshlandi. Buni xakam futbolchilarga naq beshta sariq kartochka ko'rsatganidan bilib olsa bo'ladi. Dastlab, mehmonlarning eronlik yosh umidli forvardi Sardor Azmun 8-daqiqadayoq hisobni ochdi. Ikkinchi bo'lim o'rtalariga kelibgina oradagi muvozanat tiklandi. Bu vaziyatda Evgeniy Markov o'zini ko'rsatdi. Oradan ko'p o'tmasidan Artyom Dzyuba g'alaba golini urdi va shuningdek, to'purarlar poygasida Sobolyov hamda hamyurtimiz SHomurodovga etib oldi.
Rubin Kazan Evgeni Markov - 66' |
Premier League . 17-tur 23/11/2019, 16:00 2
:
1
Tugadi
|
Zenit St. Petersburg Sardar Azmoun - 8', Artem Dzyuba - 79' |
Stadion: Kazan Arena
Rostovliklar yana mag'lub
Ushbu uchrashuv oldidan har ikkala tomonga ham g'alaba suv va havodek zarur edi. "Dinamo" va "Rostov" o'rtasida kechgan murosasiz kurashlarga boy bo'lgan o'yinda Moskva shahri jamoasida irodali g'alabani qo'lga kiritdi. Oldiniga, mehmonlar jamoa sardori Ivelin Popov hisobni ochdi. Oradan 20 daqiqa o'tar-o'tmas Germaniyaning "Borussiya Dortmund" klubidagi o'yinlari orqali tanilgan nemis futbolchisi Maksimilian Filipp belgilangan 11 metrli jarima zarbasini aniq amalga oshirdi va muvozanatni tikladi. So'nggi daqiqaga kelib esa, yana o'sha Filipp katta sahnaga chiqdi va jamoasiga muhim g'alabani taqdim etdi. Asosiy vaqtga qo'shib berilgan sakkizinchi daqiqada Sankt-Peterburglik xakam Vasiliy Kazarcev nuqtaga ishora qildi va uni Popov ko'kka sovurdi. SHunday qilib, Rostov shahri jamoasi muvaffaqiyatsizlik sababli raqobatchilarini oldinga o'tkazib yubordi.
Dinamo Moscow Maximilian Philipp - 33', Maximilian Philipp - 90' |
Premier League . 17-tur 23/11/2019, 18:30 1
:
2
Tugadi
|
FC Rostov Ivelin Popov - 13' |
Stadion: VTB Arena
Quyidagilar jangida murosa
Mavsum boshidan beri xavfli zona atrofida izg'ib yurgan ikki jamoa to'qnashuvida "Ufa" hamda "Sochi" o'zaro bahs olib borishdi va unda 1:1 hisobida durang qayd etildi. Avvaliga Dmitriy Poloz jamoasini oldinga olib chiqdi. Biroq, uchrashuv tugashiga bor yo'g'i besh daqiqa qolganida mezbonlarning yaqindagina 25 yoshini qarshilagan argentinalik forvardi Andres Vombergar jamoasini muqarrar mag'lubiyatdan qutqarib qoldi. Ushbu natijaga ko'ra, Rossiyaning chiroyli va so'lim go'shalaridan biri bo'lgan Sochi jamoasi so'nggi pog'onaga muqimroq joylashdi. Ufaliklar esa, kuchli o'nlikka kirib olishdan mosuvo bo'lishdi.
FC Ufa Andres Vombergar - 85' |
Premier League . 17-tur 24/11/2019, 13:30 1
:
1
Tugadi
|
PFC Sochi Dmitry Poloz - 25' |
Stadion: Neftyanik Stadium
Raqobatchilar bellashuvida nursiz durang
Deyarli mavsum boshidan beri musobaqa jadvalining asosan o'rta qismida qizg'in raqobatga kirishgan ishtirokchilar "Ural" hamda "Spartak" o'zaro jang olib borishdi va lekin keskin kurashlarga boy o'tgan uchrashuvda har ikkala tomon sulhga rozi bo'ldi. Durang qayd etilishiga bosh sabab sifatida jamoalarning yuzaga kelgan xavfli vaziyatlardan foydalanishda oqsashganini ko'rsatish mumkin. Yana shuni takidlab o'tish joizki, uchrashuvni boshqarib borgan Smolensklik Nikolay Voloshin mezbonlardan Vladimir Ilin hamda mehmonlardan Nail Umyarovga sariq kartochka ko'rsatdi.
Ural |
Premier League . 17-tur 24/11/2019, 16:00 0
:
0
Tugadi
|
Spartak Moscow |
Stadion: Ekaterinburg Arena
O'rtamiyona etakchidan engildi
Tulaning "Arsenal" klubi joriy mavsumda evrokuboklar uchun kurashishni maqsad qilgan va ular bu safar o'z muxlislari qarshisida chempionlik poygasida qatnashayotgan etakchilardan biri bo'lgan "Krasnodar"ga qarshi bahs olib bordi. Keskin va murosasiz kurashlar ostida kechgan uchrashuvda mehmonlar qaltis hisobda g'alaba qozonishdi. Dastlab, Krasnodar shahri jamoasining gollandiyalik yosh umidli vingeri Tonni Vilena hisobni ochdi. Bo'lim o'rtalarida Sergey Petrov farqni mustahkamladi. 43-daqiqada Evgeniy Lucenko hisobni qisqartirdi. O'yinning ikkinchi yarmida yuzaga kelgan penaltini Ivan Ignatev yo'qqa chiqardi. "Krasnodar" qimmatli uch ochkoga ega bo'lgan bo'lsa, tulaliklar 10-o'ringa tushib qoldi.
Arsenal Tula Evgeni Lutsenko - 43' |
Premier League . 17-tur 24/11/2019, 18:30 2
:
1
Tugadi
|
FC Krasnodar Tonny Vilhena - 7', Sergei Petrov - 25' |
Stadion: Arsenal Stadion
Etakchida muhim g'alaba
O'tgan turdagi ajoyib irodali g'alaba ketidan o'z maydonida naq 11895 ishqiboz guvohligida "Krilya Sovetov"ni qabul qilgan CSKA kichik hisobda muvaffaqiyat qozondi va chempionlik poygasiga kerosin sepdi yoxud intrigani kuchaytirdi. O'yindagi hal qiluvchi yagona gol muallifi moskvaliklarning 22 yoshli xorvatiyalik yarim himoyachisi Nikola Vlashich bo'ldi. Ushbu o'yinni boshqargan peterburglik referi Vladislav Bezborodov mehmonlardan to'rt va mezbonlardan yana bir o'yinchiga sariq kartochka ko'rsatdi.
CSKA Moscow Nikola Vlasic - 75' |
Premier League . 17-tur 24/11/2019, 21:00 0
:
1
Tugadi
|
Krylya Sovetov Samara |
Stadion: VEB Arena
ROSSIYA PREMER-LIGASI. 17-TURDAN KEYINGI MUSOBAQA JADVALI
TO'PURARLAR POYGASI
Xondamir Hakimov tayyorladi
O’xshash yangiliklar

Fikrlar