Rossiya klubi g'alaba qozona olmasa, muxlislarga chipta pullarini qaytarib beradi
27 fev 2019 13:49
Yangiliklar


Rossiya klubi g'alaba qozona olmasa, muxlislarga chipta pullarini qaytarib beradi
Rossiyaning "Ufa" klubi "Dinamo"ga qarshi Premer-liganing 18-tur o'yinida ochko yo'qotsa, muxlislarga chipta pullarini qaytarib berar ekan.
Bu haqda klub bosh direktori SHamil Gazizov gapirdi.
"G'alaba qozonishimizga ishonchimiz komil. Agar natija muvaffaqiyatsiz bo'lsa, chipta uchun pullarni qaytaramiz va keyingi uchrashuv uchun tekin chipta beramiz. Bunday qaror murabbiylar shtabi va jamoa tomonidan qabul qilindi. Qanday natijani muvaffaqiyatsiz deyish mumkin? Ochko yo'qotishni" - deydi Gazizov.
"Ufa" hamda "Dinamo" o'rtasidagi uchrashuv 3 mart kuni bo'lib o'tadi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar