So’nggi yangiliklar

01:15Расман: Азизбек Амонов "Бухоро" футболчисига айланди  0 01:04Равшан Ҳайдаров: "Йигитларда иштиёқ катта эди. Мухлислар қўллови билан ғалабага эришдик"  0 00:57Нодирбек Абдураззоқов: "Японияга қарши ўйинда ғалаба учун майдонга тушамиз. Голимни Ислом Тўхтахўжаевга бағишлайман"  1 00:45"Ювентус" Консейсауни "Порту"дан тўлиқ сотиб олди  0 00:17Рэшфорд "Барса" билан шартнома имзолади (Фабрицио Романо)  1 23:55"Андижон" назорат ўйинида камбэк эвазига ғалаба қозонди  1 23:24Ўзбекистон U-17 терма жамоаси ЦСКАга қарши баҳс олиб боради  1 22:59"Ливерпуль" тўхтамоқчи эмас. Клуб Франция чемпионатидан вингер сотиб олмоқчи  0 22:35U-23. Ўзбекистон – Саудия Арабистони 3:1  3 22:25Мираброр Усмонов Кубоги-2025. Ўзбекистон U-23 терма жамоаси Саудия Арабистонига ҳеч қандай имконият қолдирмади  24 21:41Мюллер фаолиятини МЛСда давом эттиради  3 20:59Родриго "Реал"да қолмоқчи. Футболчи Алонсонинг фикрини ўзгартириш ниятида  5 20:21"Кристал Пэлас" Европа Лигасида четлаштирилиши бўйича спорт арбитраж судига апелляция берди  0 19:51Хави Симонс "Челси"га ўтишга рози  1 19:27Де Хеа: "Манчестер Юнайтед"да ўтказган йилларим учун Англиядан тушган таклифларни рад этдим"  2

Rossiya chempionatidagi eng kuchli 10 nafar markaziy osiyolik legioner Yangiliklar

Rossiya chempionatidagi eng kuchli 10 nafar markaziy osiyolik legioner

Rossiyaning mashhur championat.com sayti Rossiya chempionatida o'ynagan Markaziy Osiyolik eng kuchli 10 nafar futbolchini elon qildi.
Quvonarlisi 10 nafar futbolchi orasida 4 nafar o'zbekistonlik futbolchi ham bor.


Bu ro'yxatga mahalliylashtirilgan Vladimir Maminov, Oleg Pashinin va Aleksey Polyakov kabi futbolchilar kiritilmagan.

10. Andrey Fyodorov, O'zbekiston


Alaniya, 1998-1999, 42 o'yin, 1 gol
Rubin, 2000-2008, 127 o'yin, 15 gol

Fyodorov – Qurbon Berdievning Rubin mashinasining muhim qismlaridan biri bo'lgandi, u 2008 yil Rossiya chempioni bo'lgan. Aqlli va harakatchan himoyachi, sheriklarini qiyin vaziyatda qo'llab tura oladi. U Rubinda birinchi ligadan chempionlikka qadar o'ynagan. O'zbekiston terma jamoasi himoyachisi CSKAda o'ynashi mumkin edi. Biroq Osiyo CHempionlar kubogi doirasida hakamni tepgani uchun bir yilga diskvalifikaciya qilingan edi. SHunga qaramay Vladikavkaz, Kaliningrad va Qozonda Fyodorov ishonsa bo'ladigan himoyachi sifatida eslab qolishgan.



9. Vitaliy Denisov, O'zbekiston


CSKA, 2003-2006, 3 o'yin
Lokomotiv, 2013-..., 119 o'yin, 1 gol

Tezlik, ishonch, chayirlik kabi so'zlar bilan Lokomotiv muxlislari Denisovga tarif berishlari mumkin. Vitaliyga hech bir o'yinda etiroz bo'lmagan, har bir uchrashuvda "cherkizovalik Tor" chap qanotda shunday yuguradiki bahslardan keyin maydon ishchilari o'sha qanotni ancha vaqt yana o'z holatiga keltirishsa kerak. Denisov Rossiyadagi faoliyatini CSKAda boshlagan. Ammo jarohat tufayli asosiy tarkibga kira olmagan. Dneprda olti mavsum o'tkazib Vitaliy Rossiyaga tajribali futbolchi sifatida qaytdi. Ayni paytda u eng kuchli qanot himoyachisi nomiga davogar bo'la oladi.



8. Sergey Timofeev, Qozog'iston

Dinamo, 1992-94, 43 o'yin, 3 gol
Alaniya, 1995-97, 67 o'yin, 3 gol
Lokomotiv NN, 1998, 32 o'yin, 6 gol

7. Muhsin Muhammadiev, Tojikiston

Lokomotiv, 1992-1993, 41 o'yin, 12 gol
Spartak, 1994-1995, 30 o'yin, 13 gol
Lokomotiv NN, 1996-1997, 56 o'yin, 16 gol
Torpedo, 1998, 14 o'yin, 2 gol
SHinnik, 1999, 11 o'yin, 1 gol


6. Igor CHerevchenko, Tojikiston

Lokomotiv, 1996-2001, 170 o'yin, 9 gol
Torpedo, 2002, 12 o'yin
Alaniya, 2002, 5 o'yin


5. Odil Ahmedov, O'zbekiston

Anji, 2011-2014, 109 o'yin, 6 gol
Krasnodar, 2014-2017, 101 o'yin, 7 gol

Futbol olamida Odil Ahmedovni yomon ko'radigan bitta ham odam bo'lmasa kerak. Uni qanday yaxshi ko'rmaslik mumkin? Maydonda professional, o'yinda borini beradigan, maydondan tashqarida oddiy kamtar odam. Odilni tungi klubda madhiya sadolari ostida shampan vinosini ichayotganini ko'rmaysiz, bu aniq. Ahmedov Anjida yulduzga aylangandi. Eto’O va sheriklari raqib maydonida yurganida Odil himoyaga qarashardi. Krasnodarga tez qo'shilib ketgan va jamoa rivojiga katta xissa qo'shgandi.



4. Rashid Rahimov, Tojikiston

Spartak, 1992, 1994-1995, 26 o'yin
Lokomotiv, 1993-1994, 14 o'yin


3. Dmitriy Xomuxa, Turkmaniston

Zenit, 1995-1996, 61 o'yin, 4 gol
CSKA, 1997-2000, 116 o'yin, 27 gol
SHinnik, 2001-2003, 69 o'yin, 16 gol
Terek, 2004-2005, 36 o'yin, 4 gola

2. Vladimir Nidergaus, Qozog'iston

Rotor, 1992-1997, 1999, 168 o'yin, 68 gol


1. Mirjalol Qosimov, O'zbekiston


Spartak Vladikavkaz, 1992, 25 o'yin, 3 gol
Alaniya, 1994-1996, 1999, 2003-2004, 104 o'yin, 30 gol
Krylya Sovetov, 2000-2001, 45 o'yin, 6 gol

Yomon futbolchi O'zbek Maradonasi nomini olmaydi, bunga qo'shilasiza? 20 yildan ortiq vaqt o'tdi, ammo Vladikavkazda Moskva klublari gegemonligiga chek qo'ygan oltin jamoani eslab yurishlari aniq. Alaniya yarim himoyachisi maydonni ajoyib ko'rish qobiliyatiga ega edi, to'p uzatishlari, jarima to'plarini qoyilmaqom tarzda bajarardi. Liverpul darvozasiga jarimadan urgan golini ko'rgan barcha inson buni esdan chiqarmasa keraks. O'smirlar o'rtasida Evropa va Jahon chempioni, Rossiya chempioni, ikki marta kumush medal sohibi va O'zbekistonda bir qator sovrinlar egasi. Yana savollar bormi? Mirjalol Qosimov – Rossiya premer-ligasining birinchi goli muallifi, O'zbekistoning haqiqiy faxri va Rossiya chempionatining eng yorqin legionerlaridan biri.



championat.com saytidan Narzulla Saydullaev tarjimasi
Reyting: +75   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика