Rosenor: "Chelsi"da olti yil, hatto undan ham ko'proq ishlashni istayman, lekin..."
13 jan 15:19
Yangiliklar
Rosenor: "Chelsi"da olti yil, hatto undan ham ko'proq ishlashni istayman, lekin..."
Biroq "nafaqaxo'rlar"ning yangi ustozi Liam Rosenor klub unga uzoq muddat ishonch bildirishga umid qilmoqda.
"Chelsi" bosh murabbiyi jamoada Mikel Artetaning "Arsenal"dagi muddatidan ham ancha uzoqroq ishlashni istashini aytdi, ammo buning uchun g'alaba qozonish zarurligini takidladi:
"Ha, men bu erda olti yil, hatto undan ham ko'proq ishlashni istayman. Lekin bunga erishish uchun g'alaba qozonish kerakligini tushunaman. Hammasi juda oddiy. Har bir klubning o'z loyihasi bor, futbolda "loyiha" degan so'z tez-tez ishlatiladi, ammo har qanday loyihaning mohiyati — har bir o'yinda g'alaba qozonishga urinish.
Jamoa bir, ikki, uch yildan keyin qanday ko'rinishda bo'lishi kerakligi haqida tasavvurim bor. Shu bilan birga, hozirning o'zidayoq g'alaba qozonish uchun etarlicha resurs va vositalarim bor va men buni o'yinchilarga ochiq aytdim", – dedi Rosenor.
"Chelsi" ertaga, 14 yanvar kuni Angliya Liga Kubogi yarim finalida "Arsenal" bilan to'qnash keladi. Uchrashuv 01:00 ga belgilangan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
"Бу ер Роналду Арабистони эмас". Саудиялик таниқли журналист Криштиануни танқид қилди
"Реал" собиқ футболчиси Мессини дунёнинг энг яхши футболчиси, Роналдуни эса иккинчи рақам деб атади
"Негрейра иши": Бош айбланувчи хотирасини йўқотмоқдами?
Туркия Кубоги. Файзуллаев ва Шомуродов гол урган баҳсда "Башакшеҳир" йирик ғалабага эришди
Fikrlar