Ronalduning sobiq murabbiyi: "Tatil Krishtianuning foydasiga ishlaydi"
05 apr 2020 22:18
Yangiliklar
Ronalduning sobiq murabbiyi: "Tatil Krishtianuning foydasiga ishlaydi"
Leonel Pontesh (Ronaldu bilan "Sporting" va Portugaliya terma jamoasida bir muddat ishlagan) koronavirus pandemiyasi tufayli yuzaga kelgan tanaffus "Yuventus" hujumchisiga foyda keltirishiga ishonadi.
"Ushbu tatil uning foydasiga ishlaydi. Ronaldu quvvat to'plab oladi va uning o'ynash ishtiyoqi yanada oshadi.
Aqlga sig'maydigan narsa Ronalduning 35 yoshdaligi emas, bu uning samaradorligi. U ko'p yillardan buyon mamlakatlar, jamoalar, hatto poziciyalarni almashtirishiga qaramasdan yuqori saviyada faoliyat yuritib kelmoqda", — deydi Pontesh "La Gazzetta dello Sport" nashriga.
Malumot uchun, joriy mavsum "Yuventus" uchun 32 o'yinda maydonga tushgan portugaliyalik hujumchi 25 gol, 4ta samarali uzatmaga mualliflik qilgan.
Fikrlar