Ronalduga yana bir xaridor chiqdi. Ular 400 mln. evro to'lashga tayyor

Aslanov Jasurbek
18 yanv 2018, 13:25
"Real" hujumchisi Krishtianu Ronaldu faoliyatini Xitoyda davom ettirishi mumkin.

Xitoyning "Tyanczin Cyuanczyan" klubi portugaliyalik forvardga qiziqish bildirmoqda. Ayni damda Ronaldu va klub o'rtasidagi yomon kayfiyatdan foydalanmoqchi bo'lgan xitoyliklar hujumchi uchun 400 mln. evro to'lashga tayyor ekanliklarini bildirishdi. Futbolchining shartnomasidagi tovon puli 1 mlrd. evro.

Oldinroq, "Real" portugaliyalikni sotishga tayyor ekanligi haqida ma'lumotlar paydo bo'lgan edi. Forvard kamida 40 mln. evro maosh olmoqchi. Uning maoshi Messi va Neymarnikidan kam va futbolchi bundan xafa.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: sports.ru