So’nggi yangiliklar

01:41А Серия. Аллақачон чемпионликка эришган "Интер" А Сериядаги иккинчи мағлубиятини қабул қилиб олди  5 01:23"Жирона" Чемпионлар лигасига чиқди! Жамоа тарихида илк бор еврокубокларда иштирок этади  1 01:00Саудия Арабистони чемпионати. "Ал Насср" ўз уйида йирик ғалабага эришди, Роналдудан хет-трик! Рақиб сафида Ал Бухорий ўйнади  7 00:51Роналду Саудия Арабистони лигасидаги сўнгги 5та ўйинда 3та хет-трик қайд этди  4 00:17"Улар жуда олдинлаб кетишган". Канчельскис Ўзбекистон ва Қозоғистон футболини таққослади  8 23:31"Реал" — Испания чемпионати ғолиби!  26 23:31Ла Лига. "Жирона" ўз уйида камбэк қайд этиб, "Барселона"ни мағлуб этди. Чемпион номи аниқ бўлди  85 23:27АПЛ. "Манчестер Сити" ўз уйида "Вулверхэмптон"ни йирик ҳисобда таслим этди, Холанддан покер!  10 23:12Александр Хомяков: "Бизга чап оёқ етишмади"  8 23:04Иван Бошкович: "Ўйин вақтидаги эмоциялар нормал ҳолат"  11 22:35Бундеслига. "Штутгарт" - "Бавария" 3:1   3 22:30Бундеслига. "Боруссия Д" - "Аугсбург" 5:1   0 22:29Анчелотти Гюлер ҳақидаги саволга кескин жавоб қайтарди  5 22:15ЛаЛига. "Реал Мадрид" - "Кадис" 3:0   0 21:58"Боруссия" футболчиси оғир вазн сабаб клубдан кетади?!  2

Ronaldudek bo'la olmagan "yangi Ronaldular" Yangiliklar

Ronaldudek bo'la olmagan "yangi Ronaldular"

Omadsiz natijalar barcha jamoada bo'lib turadi. Ammo bunga bir futbolchini aybdor qilish yoki omadsiz o'yinlardan so'ng malum bir futbolchini “siquvga” olish to'g'ri emas.

Oddiy misol: “Lion”dagi Depay ajoyib futbolchi, to'g'rimi? Endi uni “MYU”dagi davrini bir yodga oling? “Manchester”da unga 7-raqamni berishdi va kimsan Ronalduning o'yinini kutishdi, biroq... Demak, bugun “yangi Krishtianu Ronaldu"lar haqida so'z yuritamiz.

Bruma, Portugaliya
Balki sizga biroz erish tuyular, lekin mashxur Bruma bor yo'g'i 23 yoshda. U faoliyatini “Sporting”da boshlab, Ronaldu uslubidan foydalangan va shu jihati bilan tengdoshlaridan ajralib turardi. Biroq muammo shundaki, Brumaning tezlikdan boshqa hech nimasi yo'q edi. 19 yoshida “Galatasaroy”ga o'tish qaroriga kelgan yigitga biroz omad etishmadi, chog'i. Turkiya 2 mavsum uchrashuvida bor yo'g'i bittagina gol urdi. SHunday bo'lsada, u bir necha golli vaziyatlarda to'plarni uzatib berishga muvaffaq bo'ldi. “Sosedad” bilan tuzilgan o'ta omadli shartnoma ham unga yordam bera olmadi. O'tgan mavsumda Bruma uyg'ondi. 11ta gol va 6ta golli pas urdi va milliy terma jamoada o'z o'rniga ega bo'lib, “RB Leypcig”ga yo'l oldi.

Adem Lyaich, Serbiya
Lyaich mankunianlar safiga Toshich bilan birga kelib qo'shilgan, ammo Adem “qizil iblislar” libosida biror marta ham maydonga tushmadi. G'alati vaziyat: Adem 18 yoshga to'lmaguncha Angliyaga o'ta olmagan. Voyaga etganida esa “MYU”ga shunchaki keraksiz bo'lib qoldi. Biroq to'satdan “Fiorentina” paydo bo'ldi va unga birga ishlashni taklif qildi. U bu klubda 3 yil faoliyat yuritdi. Keyinchalik “Roma” va “Inter”da o'z kuchini sinab ko'rdi, lekin ularda ham mustahkam o'rnasha olmadi. O'tgan yildan beri, u “Torino” klubiga o'tishga harakat qiladi. Omad undan yuz o'girgan shekilli, bazida xarakteri sabab ishi o'ngidan kelmaydi, bazida esa iqtidorini past baholashadi.



Tabare Viudez, Urugvay
“Milan” bu futbolchini qanday qilib Urugvaydan olib kelganini ko'pchilik yaxshi eslasa kerak. O'sha payt uni “yangi Ronaldu” deb atashardi. Ha, aytgandek, u juda tez yuguradi va to'pni aldamchi harakat bilan olib o'tish qobiliyatiga ega. “Milan” 1 yil deganda o'yinchining hech qanday foydasi yo'qligini tushunib etdi va uni yana Urugvayga jo'natib yubordi. Viudez Meksika, Turkiya bo'ylab kezdi, hattoki, bir yil “River Pleyt”ta to'p tepish sharafiga muyassar bo'ldi. Hozirda “Nasional” klubi zaxira o'rindig'ini “isitib o'tiribdi”.

Gabriel Obertan
Ha, bu insonni kutganingiz aniq. “Manchester” muxlislari Obertanni “yangi Ronaldu” deb atashganini yaxshi eslashadi. U ko'pchilikka “Bordo” bilan bo'lgan o'yin orqali tanish. O'sha paytda Gabriel chindan ham ajoyib taassurot qoldirgandi. Angliyaga bergan intervyularidan birida u shunday degan: “Meni “yangi Ronaldu” deb chaqirishlarini xohlamayman. CHunki bu nomga loyiq bo'lish juda ham mushkul”. U buni iltimos qilgani uchun emas, bu nomga loyiq bo'lolmagani uchun hamma uning talabini hurmat qildi. Pullarni tezlik bilan shunchaki ko'kka sovurishni bilasizmi? “Nyukasl” buni sizga o'rgatadi. 3 millionni Obertanga o'xshash o'yinchiga berasiz va u bilan 5 yilga shartnoma tuzasiz. Mayli bo'lar ish bo'ldi. Gabriel hozirda Bolgariyada faoliyat yuritmoqda.


Nani, Portugaliya
Ronaldu bilan boshlangan faoliyatda birinchi mavsum yomon o'tmadi. Krishtianu “Real”ga haqiqiy o'yinchi sifatida qabul qilingan. 2010/2011 yilgi mavsumda ajoyib, 11/12da esa o'rta darajada ishtirok etgan. 2013 yildan boshlab o'yinlari sezilarli darajada pasaydi. Hattoki, “Sporting” ijarachisi bo'lish ham yordam bemadi va u klublar bo'ylab “sayohat” qilishni boshladi. Terma jamoada yomon o'ynamadi, biroq u bundan ham ko'prog'iga qodir edi. Portugaliyalik hozirda “Lacio” zaxirasida “o'tiribdi”.

Memfis Depay, Gollandiya
U “MYU”dan chetlatildi. Bu ko'pchilikka kutilmagan yangilik bo'ldi. Axir u bir necha yildan buyon Gollandiyada, yulduzlar safida, yurgan edi. JCH-14da ham o'zini alo darajada ko'rsata olgandi. Memfis “Manchester”ga Van Gal bilan birgalikda kelgandi. Barchasi yutuq uchun qilingandi. Agar Liga-1ni muntazam ravishda ko'rgan bo'lsangiz, Depay ham yaxshi o'ynaganini payqagansiz. Masalan u “Borussiya”ni bemalol kuchaytira olgan bo'lardi. Angliyada qanday xatolik ro'y berdi? Kim bilsin?! Lekin Memfisning faoliyatida yorqin kunlar hali oldinda.

Bebe, Portugaliya
Agar sen o'smirlar musobaqalarida o'zingni ko'rsata olsang, sen — Krishtianu Ronaldusan. To'g'rimi? Fergyuson “yangi Ronaldu”ni topish ilinjida bir necha bor Portugaliya bozorini ag'dar-to'ntar qilib tashlagan va jamoaga Bebeni olib kelgan. “Krishtianu Ronaldu — mana mening o'yin uslubim. Men ham u kabi tez yuguraman, u kabi kuchli va aniq zarba beraman va raqiblarni aldab o'taman”, — degandi futbolchi Angliyaga endi kelgan vaqtida.


Xorij saytlaridan Nozima Zaripova tarjima qildi

Reyting: +32   
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика