Ronalduda antirekord

Aslanov Jasurbek
6 iyul 2024, 13:29
Krishtianu Ronaldu bir o'yinda to'pga o'rtacha tegish bo'yicha JCH va Evro antirekordini o'rnatdi.

Portugaliya terma jamoasining 39 yoshli hujumchisi Evro-2024da to'pga bir bahsda o'rtacha 29,1 marta tegdi. U ushbu turnirda 5ta bahsda maydonga tushdi. Portugaliya terma jamoasi juma kuni Fransiyaga chorak finalda mag'lub bo'ldi.

Ronalduning eng yaxshi ko'rsatkichi JCH-2006da bo'lgan - 66,2ta teginish.

Qolgan top turnirlarda hujumchi shunday natijalar qayd etgan:

Evro-2004 - 61,1

Evro-2008 - 59,7

JCH-2010 - 46,3

Evro-2012 - 45,8

JCH-2014 - 54

Evro-2016 - 45,4

JCH-2018 - 49,8

Evro-2020 - 47,3

JCH-2022 - 39

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Opta Analyst