Ronaldu zudlik bilan Portugaliyaga uchib ketdi
03 mar 2020 19:20
Yangiliklar


Ronaldu zudlik bilan Portugaliyaga uchib ketdi
“Yuventus” forvardi onasining xolidan xabar olish uchun Madeyraga boradi.
Avvalroq, Doloresh Aveyru bugun tongda ishemik insultga chalingani tufayli shifoxonaga yotqziligani haqida xabar bergandik.
Manbaga ko'ra, Ronalduning samolyoti Toshkent vaqti bilan 21:00da Portugaliyaga qo'nadi.
Hozircha, 35 yoshli forvardning ertaga, 4 mart kuni “Milan”ga qarshi bo'lib o'tadigan Italiya Kubogi yarim finalining javob bahsida qatnashishi so'roq ostida bo'lib turibdi.
Aveyruning holati esa ijobiy deya baholangan. Biroq, yakuniy tashxis bir necha soatdan so'ng elon qilinishi aytilmoqda.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar