Ronaldu zudlik bilan Portugaliyaga uchib ketdi

Eldor Akmurzayev
3 mar 2020, 19:20
“Yuventus” forvardi onasining xolidan xabar olish uchun Madeyraga boradi.

Avvalroq, Doloresh Aveyru bugun tongda ishemik insultga chalingani tufayli shifoxonaga yotqziligani haqida xabar bergandik

Manbaga ko'ra, Ronalduning samolyoti Toshkent vaqti bilan 21:00da Portugaliyaga qo'nadi.

Hozircha, 35 yoshli forvardning ertaga, 4 mart kuni “Milan”ga qarshi bo'lib o'tadigan Italiya Kubogi yarim finalining javob bahsida qatnashishi so'roq ostida bo'lib turibdi. 

Aveyruning holati esa ijobiy deya baholangan. Biroq, yakuniy tashxis bir necha soatdan so'ng e'lon qilinishi aytilmoqda.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: O Jogo