"Ronaldu zo'r, ammo Skoulz undan-da yaxshi"
22 mar 2019 01:41
Yangiliklar


"Ronaldu zo'r, ammo Skoulz undan-da yaxshi"
"Manchester Yunayted"ning sobiq futbolchisi Jonatan Spektor o'zi birga o'ynagan eng yaxshi jamoadoshi kimligini aytdi.
"Men baxtliman, chunki dunyoning eng kuchli futbolchilari bilan birga o'ynaganman. Ronalduni men dunyoning eng yaxshi futbolchisi deb aytgan bo'lardim. Biroq yuqori o'rinni Pol Skoulzga beraman. U bilan birga o'ynagan barcha futbolchilar oldinga qadam tashlayverishardi.
Undan tashqari, Pol juda ham kamtarin inson. SHunday futbolchisi borligi MYUning katta yutug'i bo'lgandi", - dedi Spektor.
Spektor 2004-2006 yillar davomida MYU tarkibida 5 o'yinda qatnashgan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar