Ronaldu "Yuventus" mashg'ulotlari o'rniga "Ferrari" zavodiga bordi
11 may 2021 11:23
Yangiliklar
Ronaldu "Yuventus" mashg'ulotlari o'rniga "Ferrari" zavodiga bordi
Forvard Krishtianu Ronaldu A Seriya doirasidagi "Milan"dan uchralgan yirik mag'lubiyatdan so'ng "Yuventus"ning mashg'ulotlarini o'tkazib yubordi.
"Keksa sinora" "rossonerilar"ga Turinda 0:3 hisobida mag'lub bo'ldi.
Kecha portugaliyalik futbolchi tiklanish va mashg'ulotlar o'rniga avtomobil ishlab chiqaruvchisi bo'lmish "Ferrari" zavodiga bordi. Krishtianu jamoa pilotlari bilan uchrashdi va o'zining liboslariga imzo chekib berdi.
Ronalduning Turin grandi bilan tuzgan shartnomasi 2022 yilning yoziga qadar mo'ljallangan. O'yinchi yuqori maosh sabab jamoadan ketishi mumkin.
Fikrlar