Ronaldu yozda "Yuventus"dan ketishi mumkin
10 iyu 2020 12:04
Yangiliklar
Ronaldu yozda "Yuventus"dan ketishi mumkin
"Yuventus"ning 35 yoshli forvardi Krishtianu Ronaldu klubini o'zgartirishi mumkin.
Bu haqda jurnalist Petro Balcano xabar bermoqda.
"Joriy mavsum yakunlangandan so'ng "Yuventus" va Krishtianuning yo'llari ayrilishi mumkin. Aytmoqchimanki, hozircha bu oddiy mish-mish va aniq malumotlar emas, ammo bu borada ishlayapman", - deydi jurnalist.
Krishtianu 2018 yilning yozida "keksa sinora" tarkibiga ko'chib o'tgandi. Uning shartnomasi yana ikki mavsumga amal qiladi.
Futbolchi joriy mavsum 22ta o'yinda maydonga tushib, 21ta gol urishga erishdi.
Fikrlar