Ronaldu Vieyra Angliyaga qaytishi kutilmoqda
29 jan 2020 23:33
Yangiliklar


Ronaldu Vieyra Angliyaga qaytishi kutilmoqda
"Sampdoriya" yarim himoyachisi Ronaldu Vieyra jamoani tark etish arafasida turibdi.
"Football Insider" xabariga ko'ra, "Everton" klubi rahbariyati "Sampdoriya"ga Ronalduning shartnomasi borasida murojaat qilgan. Ingliz klubi portugaliyalik futbolchini imkon qadar tez o'z safiga qo'shib olmoqchi. Uning transfer bahosi 15 mln evroga baholanmoqda.
Joriy mavsum davomida 18 o'yinda maydonga tushgan 21 yoshli futbolchi Angliyaning "Lids Yunayted" klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U 2016-2018 yillarda mazkur klub sharafini himoya qilgandi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar