Ronaldu va andorralik futbolchi Evro rekordini takrorlashdi
27 mar 2023 11:45
Yangiliklar
Ronaldu va andorralik futbolchi Evro rekordini takrorlashdi
Evro-2024 saralashida Portugaliya TJ dastlabki ikki turda Lixtenshteyn (4:0) va Lyuksemburgni (6:0) taslim etishga erishdi.
Krishtianu Ronaldu mazkur bahslarning ikkisida ham dublga erishdi. SHuningdek, Andorra – Ruminiya (0:2) uchrashuvida 40 yoshli yarim himoyachi Mark Pujol zaxiradan o'yinga qo'shildi.
SHu tariqa, Ronaldu va Pujol 6 ta Evro (saralash va final raundi)da maydonga tushgan futbolchilar qatoriga qo'shilishdi. Avvalroq, bunday rekordni Ildefons Lima (Andorra), Mario Frik (Lixtenshteyn), Yari Litmanen (Finlyandiya) va Lotar Matteus (Germaniya) qayd etgandi.
Fikrlar