Ronaldu ura olmagan penaltisi haqida: "Faqat gol urishga harakat qilganlargina xato qiladi"
24 mar 2025 20:39
Yangiliklar
Ronaldu ura olmagan penaltisi haqida: "Faqat gol urishga harakat qilganlargina xato qiladi"
Portugaliya terma jamoasi Millatlar Ligasi 1/4 finali javob o'yinida daniyaliklarni mag'lub etdi (5:2, birinchi o'yin – 0:1) va turnirning keyingi bosqichiga chiqdi. Birinchi taymda Ronaldu penalti ishladi, lekin uni golga aylantira olmadi.
"Hatto penaltidan foydalana olmaganimdan keyin ham keyingi bosqichga chiqishimizni his qildim. Faqat gol urishga harakat qilganlargina xato qiladi. Ajoyib tun bo'ldi, Portugaliya juda yaxshi o'ynadi, Daniya darvozasiga beshta gol urish oson emas.
Hammamiz tabriklarga loyiqmiz: o'yinchilar, stadionda bo'lganlar, barcha portugaliyaliklar. Biz hammamiz bir qayiqdamiz, va yarim finalga chiqish juda muhim edi", – dedi Portugaliya terma jamoasi va "Al-Nasr" klubining hujumchisi NOW nashriga bergan intervyusida.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar