Ronaldu turk tilini o'rganmoqchi
31 may 2021 20:25
Yangiliklar
Ronaldu turk tilini o'rganmoqchi
"Terma jamoamiz bosimni yaxshi ko'radi, biz eng yaxshi ligalarda va eng yaxshi jamoalarda to'p suramiz. Oramizda sog'lom raqobat mavjud va maydonda birdamlikda harakat qilamiz. O'ylaymanki, Evropa chempionatida yaxshi natijaga erishamiz. Italiyaga qarshi o'yin katta ahamiyatga ega. Raqiblarga qarshi qo'limdan kelgancha harakat qilaman. Kiyinish xonasida Bonuchchi bilan hazillashamiz. U va Kellini menga hazil qilishadi, men ham ularga javob qaytarman. Kellini mendan Yilmaz haqida so'raydi, ular bizni kuzatib boradilar, futbolchilarimizni bilishadi.
Dibala va Ronaldu menga mashg'ulotlarda qanday harakat qilish kerakligi haqida o'z maslahatlarini ayamaydi va bu men uchun juda muhimdir. Ronaldu turk tilini o'rganishni xohlaydi. Dibala va boshqa jamoadoshlarimda ham shunday istak bor. SHuningdek, ular menga ispan tilini ham o'rgatishadi", — deya Demiralning so'zlaridan iqtibos keltiradi Tutto Juve.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ОЧЛ-2. "Андижон" Қатарда "Ал Аҳли"га ютқазди ва мусобақа билан хайрлашди
Элит ОЧЛ. "Насаф" "Ал Иттиҳод"га кичик ҳисобда ютқазиб, плей-оффга чиқиш имкониятини йўқотди
Breaking! Ўзбекистоннинг ЖЧдаги рақиби Португалия Эрон билан ўйнайди
"Барселона" собиқ президенти: "Бизда Месси, Хави ва Иньеста борлиги учун ғалаба қозонганмиз. Ёки Европада ҳам Негрейра ғалаба қозониб берганми?"
Fikrlar