Ronaldu termadagi yubiley golini urdi

Eldor Akmurzayev
11 sen 2019, 00:15
Ayni daqiqalarda Evro-2020 saralashidan o'rin olgan Litva – Portugaliya bahsi bo'lib o'tmoqda.

Uchrashuvning 7 daqiqasida mehmonlar sardori Krishtianu Ronaldu raqib darvozasiga belgilangan penaltini aniq amalga oshirib, hisobni ochdi. Mazkur gol Ronalduning terma libosidagi yubiley 90 bo'ldi. 34 yoshli futbolchi ushbu natijaga 160 o'yinida erishdi. Krishtianu termadagi gollar bo'yicha Yevropa rekordchisi hisoblanadi. 

Jahon rekordi esa eronlik afsonaviy hujumchi Ali Daiga tegishli. U 149 bahsda maydonga tushib, raqiblar darvozasini 109 bora ishg'ol etgan.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: ESPN