So’nggi yangiliklar

01:45"Сабаҳ" ва Умарали Раҳмоналиев Европа лигаси саралашида муваффақиятсизликка учради  1 01:22"Галатасарой" Осимхенни сотиб олишга яқин турибди  1 00:54Кристиан Вьери: "Челси" АПЛ ғолиби бўлади"  2 00:31Шайхлар Винисиусни "нишонга олди" ва рекорд сумма тўлашга тайёр  7 00:13"Интер"нинг Лукман учун таклифи "Аталанта"га маъқул келмади  0 23:43"Бунёдкор" назорат ўйинида "Абдиш Ата" билан дуранг қайд этди  0 23:15"Истанбул Башакшеҳир" назорат ўйинида ғалаба қозонди, Элдор Шомуродовдан ассист  3 22:47"Сурхон" Дмитрий Плетнёвнинг кетганини эълон қилди  4 22:24"Манчестер Сити" рекорд трансферни эълон қилди  6 22:04"Реал"да зиддият: Перес ва Алонсо ўртасидаги илк қарама-қаршиликлар юзага чиқди   9 21:26Консейсаунинг "Ювентус"даги келажаги аниқ бўлди  2 21:05"Реал" Алабадан қутулмоқчи  2 20:53"Айнтрахт" Экитикени "Ливерпуль" таклиф қилган суммага сотмади  3 20:40Пол Мерсон Мадуэкенинг "Арсенал"га ўтишини бемаънилик деб баҳолади  1 20:13Ироқлик футболчи мухлислар билан хайрлашди ва Тошкент томон йўлга чиқди  3

"Ronaldu tepgan penalti noto'g'ri belgilangan" - Igor Rabiner JCH-2022'dagi hakamlik faoliyatiga oid barcha ikir-chikirlardan xabardor inson bilan suhbatlashdi Yangiliklar

"Ronaldu tepgan penalti noto'g'ri belgilangan" - Igor Rabiner JCH-2022'dagi hakamlik faoliyatiga oid barcha ikir-chikirlardan xabardor inson bilan suhbatlashdi

Championat.asia saytining yaqin do'sti Igor Rabiner JCH-2022 ichida hakamlikka oid barcha ikir-chikirlardan xabardor inson bilan suhbatlashdi.

Malum bo'lishicha, FIFA hakamlar qo'mitasi Portugaliya - Gana o'yinini boshqarib borgan amerikalik hakami Ismoil Elfatning evropaliklar foydasiga penalti belgilash haqidagi qarorini noto'g'ri deb hisoblagan. Aynan o'sha standartdan gol urgan Krishtianu Ronaldu beshta jahon chempionatida to'p kiritgan futbolchiga aylanib, rekord o'rnatgandi. 

SHuningdek, Angliya - Eron uchrashuvini boshqargan braziliyalik hakam Rafael Klaus o'yin 6:1 hisobida davom etayotgan bir pallada ikkinchi bo'limga o'n daqiqa qo'shib berilgani uchun tanqid qilindi. U FIFAning yangi talablariga amal qildi, lekin tom manoda birinchi bo'limda eronlik darvozabonga uzoq davom etgan tibbiy yordam ko'rsatilganiga qaramay, o'yin uchun 27 daqiqa qo'shib berilgani hakamlar qo'mitasi uchun tushunarsiz hodisa bo'ldi.

Taymlarga ko'proq daqiqa qo'shish qarori markazlashtirilgan. FIFA o'yin vaqtini ko'paytirish uchun kurashishga qaror qildi, shu sababli ular zaxira hakamlaridan o'yin davomida yo'qotilgan vaqtni sinchkovlik bilan hisoblashni talab qildi. Bir qator vaziyatlar (golni nishonlash, jarohatlar, almashtirishlar, darvozaga zarbalar o'yinchilarning burchakdan uzatma amalga oshirishi va boshqa holatlar uchun sarflangan vaqt) bundan mustasno, endi 90 daqiqalik o'yinga to'liq qo'shimcha vaqt qo'shildi. Yangi tizimni sinab ko'rish uchun Qatarda mahalliy havaskor jamoalar turniri o'tkazilmoqda (ushbu turnir bugun nihoyasiga etadi), unda JCH-2022 hakamlari 45 daqiqa davomida ishlaydi va yangi bilimlardan o'z mahoratini oshirmoqda.

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика