Ronaldu “Siti”ga qarshi o'ynamasligini tushunib, Portugaliyaga uchib ketdi
07 mar 2022 08:01
Yangiliklar
Ronaldu “Siti”ga qarshi o'ynamasligini tushunib, Portugaliyaga uchib ketdi
Avvalroq, “Manchester Yunayted” ustozi Ralf Rangnik Krishtianu Ronalduning son qismidan jarohat olgani sabab “Man Siti”ga qarshi o'yinda ishtirok etmaganini aytgandi.
The Athletic manbasiga ko'ra, hujumchi derbida qatnasholmasligi aniq bo'lgani tufayli Portugaliyaga yo'l olgan. Ronalduning vataniga uchib ketishi esa uning jamoadoshlarini hayratda qoldirgan.
Jarohatlangan futbolchilar o'yinlarga borishi shart emas, ammo MYU azolari Krishtianuning aurasi va jamoani ruhlantirish qobiliyatini hisobga olib, uni stadionda bo'lishini kutishganligi aytilmoqda.
Fikrlar