"Eshitdik-da" JCH-2022ni ham zabt etganda. Ronaldu Saudiya Arabistoni klubida o'ynaydi
05 dek 2022 17:08
Yangiliklar


"Eshitdik-da" JCH-2022ni ham zabt etganda. Ronaldu Saudiya Arabistoni klubida o'ynaydi
Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu faoliyatini qaysi klubda davom ettirishi malum bo'ldi.
"Championat.asia"ning "Eshitdik-da" rukni JCH-2022ni ham zabt etmoqda. Oldinroq saytimizda eksklyuziv tarzda Portugaliya – Urugvay uchrashuvidan keyin portugaliyaliklar sardori Krishtianu Ronaldu oldiga ikki nafar yurist kelgani, yuristlar qaysidir klubdan shartnoma bilan kelgani va futbolchi u bilan tanishib chiqqani va bu katta ehtimol bilan Saudiya Arabistonining "Al Nassr" klubiga tegishli bitimligi aytilgan edi.
Marca bergan malumotlarga ko'ra, Ronaldu "Al-Nassr" bilan 2 yillik bitimga imzo chekkan. Yillik maosh esa 200 mln. evroni tashkil qiladi. SHunday qilib, Krishtianu 1 yanvardan Saudiya Arabistoni klubi sharafini himoya qiladi.
Malumot uchun, "Al Nassr" klubi safida o'zbekistonlik Jaloliddin Masharipov to'p tepmoqda.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar