"Eshitdik-da" JCH-2022ni ham zabt etganda. Ronaldu Saudiya Arabistoni klubida o'ynaydi

Aslanov Jasurbek
5 dek 2022
Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu faoliyatini qaysi klubda davom ettirishi ma'lum bo'ldi.

"Championat.asia"ning "Eshitdik-da" rukni JCH-2022ni ham zabt etmoqda. Oldinroq saytimizda eksklyuziv tarzda Portugaliya – Urugvay uchrashuvidan keyin portugaliyaliklar sardori Krishtianu Ronaldu oldiga ikki nafar yurist kelgani, yuristlar qaysidir klubdan shartnoma bilan kelgani va futbolchi u bilan tanishib chiqqani va bu katta ehtimol bilan Saudiya Arabistonining "Al Nassr" klubiga tegishli bitimligi aytilgan edi.

Marca bergan ma'lumotlarga ko'ra, Ronaldu "Al-Nassr" bilan 2 yillik bitimga imzo chekkan. Yillik maosh esa 200 mln. evroni tashkil qiladi. Shunday qilib, Krishtianu 1 yanvardan Saudiya Arabistoni klubi sharafini himoya qiladi.

Ma'lumot uchun, "Al Nassr" klubi safida o'zbekistonlik Jaloliddin Masharipov to'p tepmoqda.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Marca