Qatardan eshitdik-da! Ronaldu mundial vaqtida yangi klubi haqida bosh qotirmoqda. U Urugvay bilan bahsdan keyin yuristlar bilan ko'rishdi

Sherzod Nurmatov
1 dek 2022, 16:35
Ayni paytda Qatarda Jahon chempionati o'yinlari davom etmoqda.

Championat.asia sayti ma'lumotiga ko'ra, Portugaliya – Urugvay uchrashuvidan keyin portugaliyaliklar sardori Krishtianu Ronaldu oldiga ikki nafar yurist kelgan. Yuristlar qaysidir klubdan shartnoma bilan kelgani va futbolchi u bilan tanishib chiqqani aytilmoqda. Bu katta ehtimol bilan Saudiya Arabistonining "Al Nassr" klubiga tegishli bitimdir.

Krishtianu Ronaldu o'tgan hafta "Manchester Yunayted"ni tark etgandi. Ayni paytda u erkin agent hisoblanadi. 

Ma'lumot uchun, "Al Nassr" klubi safida o'zbekistonlik Jaloliddin Masharipov to'p tepmoqda.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: championat.asia