Ronaldu: "Rahmat, "Enfild". Men va oilam hech qachon bunday hurmat va hamdardlikni unutmaymiz"
21 apr 2022 16:53
Yangiliklar


Ronaldu: "Rahmat, "Enfild". Men va oilam hech qachon bunday hurmat va hamdardlikni unutmaymiz"
"Manchester Yunayted" hujumchisi Krishtianu Ronaldu "Liverpul" (0:4)ga qarshi APL 30-tur doirasidagi o'yinda "Liverpul" muxlislarining futbolchini qo'llab-quvvatlab 7-daqiqada qarsak chalgani uchun minnatdorchilik bildirdi.
"Bitta dunyo... Bitta sport turi... Bitta ulkan oila... Rahmat, "Enfild". Men va oilam hech qachon bunday hurmat va hamdardlikni unutmaymiz", - deb yozdi Ronaldu ijtimoiy tarmoqda.
Ronaldu bir necha kun oldin yangi tug'ilgan egizak farzandlarining biri o'lgani sabab o'yinni o'tkazib yubordi.
"Enfild"dagi o'yin davomida "Liverpul" muxlislari 7-daqiqada You'll Never Walk Alone qo'shig'ini kuylashdi va Ronalduning yangi tug'ilgan o'g'li xotirasiga bir daqiqa qarsak chalishdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar