Ronaldu: “Qirolimiz tuzalib ketishiga umid qilaman”
07 dek 2022 09:40
Yangiliklar
Ronaldu: “Qirolimiz tuzalib ketishiga umid qilaman”
JCH-2022 1/8 finalida SHveycariya ustidan qo'lga kiritilgan yirik g'alabadan keyin Portugaliya TJ forvardi Krishtianu Ronaldu Pelega sog'lik tiladi.
Avvalroq, afsonaviy braziliyalikning tanasi saraton kasalligini davolash uchun olayotgan kimyoterapiyaga javob bermay qolgani xabar qilingandi.
“Umid qilamanki, Pele tuzalib ketadi. Qirolimiz sog'ayishi kerak. Bu men xohlayotgan narsa”, degan Ronaldu.
Fikrlar