Ronaldu qimmatbaho uyini katta chegirma bilan Pepega sotdi
01 avg 2019 13:27
Yangiliklar


Ronaldu qimmatbaho uyini katta chegirma bilan Pepega sotdi
"Yuventus" va Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu vatanidagi qimmatbaho uyini himoyachi Pepega sotdi.
Malumotlarga ko'ra, futbolchi vertolyot qo'nish joyi mavjud bo'lgan Portugaliyaning Geres shahridagi uyini 3,5 mln. funtga sotib olgan edi. Biroq Pepe ushbu villani katta chegirma bilan 2,3 mln. funtga sotib oldi.
Ronalduning Geresdagi uyi 800 kv. metrni tashkil qiladi.
Oldinroq, Krishtianu Ronaldu Marbelyadan uy sotib olmoqchi ekanligi elon qilingan edi. Futbolchi agar ushbu villani 1,3 mln. funtga xarid qilsa, UFC sobiq chempioni Konor MakGregorning qo'shnisiga aylanadi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar