So’nggi yangiliklar

00:01Англия финалда Испанияни мағлуб этиб, аёллар ўртасидаги Евро-2025 ғолибига айланди  6 23:38Артур Испанияга қайтиши мумкин  0 23:15Доннарумма "Галатасарой"дан таклиф олган. Истанбулликлар дарвозабоннинг ПСЖ билан музокараларидаги қийинчиликдан фойдаланмоқчи  0 22:40"Ал Насср" Феликсдан сўнг ЖЧ ғолибини нишонга олди  5 22:16Диас "Бавария"га 75 млн евро эвазига ўтмоқда, томонлар барчасини келишиб олишди. "Ливерпуль" вингери 4 йиллик шартнома имзолайди  6 21:48"Ювентус" машғулотларни ўтказиб юборгани учун Дуглас Луисни 40-120 минг евро жаримага тортади. Хавбек Англияга йўл олмоқчи  0 21:21"Милан" "Реал"дан Фран Гарсиянинг нархини сўради. "Қироллик клуби" эса...  0 20:56Хави Симонс Лондон клубига ўтишга тайёр  0 20:18Томас Мюллер МЛСнинг "Ванкувер Уайткепс" клуби билан фаол музокаралар олиб бормоқда  2 19:40"Ал Насср" Антони бўйича таклиф билан чиқди. МЮ вингер учун 50 млн фунт олмоқчи  4 19:14Гвардиола мўйловини ўстирди  11 18:45Ўртоқлик ўйини. "Арсенал" ва "Ньюкасл" ўртасида Сингапурдаги ўйинда 5 та гол урилди  2 17:50"Реал" ўйинчисини 13,5 млн евро эвазига қайта харид қилиш ҳуқуқи билан сотди  0 17:21"Барселона" "Виссел Кобе"ни мағлуб этди, Рэшфорд дебют ўйинини ўтказди  2 16:57Феликс 30+20 млн евро эвазига "Челси"дан "Ал Насср"га ўтади - Фабрицио Романо  5

Ronaldu Portugaliyaning U-17 ayollar terma jamoasiga ruhlantiruvchi maktub yo'lladi Yangiliklar

Ronaldu Portugaliyaning U-17 ayollar terma jamoasiga ruhlantiruvchi maktub yo'lladi

Portugaliya futbolining tirik afsonasi Krishtianu Ronaldu yurtdoshlariga maxsus xat yozdi.

"Men sizga "Mercurial Dream Speed" butsalarini orzuingizga etishishni umid qilgan holda jo'natmoqdaman. Bolaligimda oddiy, ammo juda ham ahmoqona orzuim bo'lgan. Yo'q, bu uxlab yotganingizda ko'riladigan tush emas edi. Bu shunday orzu ediki, siz juda xohlaydigan va tunlari sizni uyg'oq bo'lishingizga sabab bo'ladigan orzulardan biri. Men jahonning eng yaxshi futbolchisi bo'lishni xohlar edim. Hayotimni shu orzuimga etishish uchun bag'ishladim, zalda, futbol maydonida... Mumkin bo'lgan barcha kerakli ishlarni bajarardim.

Orzuga ega bo'lish juda ham muhim. Unga erishish uchun qattiq mehnat qilish esa bundan-da ahamityali. Orzuimni amalga oshirdim va umid qilamanki siz ham buni qila olasiz. Men uddaladimmi, siz ham buning uddasidan chiqasiz. Jahon chempionatiga yo'llanma beruvchi hal qiluvchi bosqichga yo'l olganingiz bilan tabriklayman. Bor etiborni bir maqsadga jamlab, ko'zlaringizni keyingi muvaffaqiyat uchun qarating. Omad tilayman va ushbu butsalardan rohatlaning", - deya Krishtianu Ronaldu xat bilan bir quti to'la butsalarni ayollar terma jamoasiga sovg'a qildi. 


Eslatib o'tamiz, Portugaliya ayollar terma jamoasi (U-17) keyingi yili Hindistonda bo'lib o'tadigan JCH yo'llanmasini qo'lga kiritish uchun SHveciyada o'tkaziladigan saralash bosqichida qatnashadi. 


Ronalduning yozgan xati va maxsus sovg'a>>>>VIDEO

Reyting: +22   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика