Ronaldu Portugaliyaning U-17 ayollar terma jamoasiga ruhlantiruvchi maktub yo'lladi

28 okt 2019, 20:30
Portugaliya futbolining tirik afsonasi Krishtianu Ronaldu yurtdoshlariga maxsus xat yozdi.

"Men sizga "Mercurial Dream Speed" butsalarini orzuingizga yetishishni umid qilgan holda jo'natmoqdaman. Bolaligimda oddiy, ammo juda ham ahmoqona orzuim bo'lgan. Yo'q, bu uxlab yotganingizda ko'riladigan tush emas edi. Bu shunday orzu ediki, siz juda xohlaydigan va tunlari sizni uyg'oq bo'lishingizga sabab bo'ladigan orzulardan biri. Men jahonning eng yaxshi futbolchisi bo'lishni xohlar edim. Hayotimni shu orzuimga yetishish uchun bag'ishladim, zalda, futbol maydonida... Mumkin bo'lgan barcha kerakli ishlarni bajarardim.

Orzuga ega bo'lish juda ham muhim. Unga erishish uchun qattiq mehnat qilish esa bundan-da ahamityali. Orzuimni amalga oshirdim va umid qilamanki siz ham buni qila olasiz. Men uddaladimmi, siz ham buning uddasidan chiqasiz. Jahon chempionatiga yo'llanma beruvchi hal qiluvchi bosqichga yo'l olganingiz bilan tabriklayman. Bor e'tiborni bir maqsadga jamlab, ko'zlaringizni keyingi muvaffaqiyat uchun qarating. Omad tilayman va ushbu butsalardan rohatlaning", - deya Krishtianu Ronaldu xat bilan bir quti to'la butsalarni ayollar terma jamoasiga sovg'a qildi. 


Eslatib o'tamiz, Portugaliya ayollar terma jamoasi (U-17) keyingi yili Hindistonda bo'lib o'tadigan JCH yo'llanmasini qo'lga kiritish uchun Shvetsiyada o'tkaziladigan saralash bosqichida qatnashadi. 


Ronalduning yozgan xati va maxsus sovg'a>>>>VIDEO

O'xshash yangiliklar


Manba: goal.com