Ronaldu Portugaliya bilan 9ta yirik turnirda o'ynadi. Ulardagi so'nggi o'yinlardan suratlarni ko'rib chiqamiz
11 dek 2022 23:04
Yangiliklar
Ronaldu Portugaliya bilan 9ta yirik turnirda o'ynadi. Ulardagi so'nggi o'yinlardan suratlarni ko'rib chiqamiz
JCH-2022 Krishtianu Ronaldu uchun Portugaliya bilan so'nggi katta turnir bo'lgan bo'lish ehtimoli bor.
Tarixdagi eng buyuk o'yinchilardan biri eng katta sovrinni qo'lga kirita olmadi. Bu erda Ronalduning JCH va Evrodagi so'nggi o'yinlardan kadrlarini ko'rishingiz mumkin.
Evro-2004 Ronaldu uchun Portugaliya terma jamoasi bilan ilk yirik turnir bo'ldi. 19 yoshli vinger ikkita gol va ikkita assist qayd etgan holda birdan porladi va portugaliyaliklarga finalga chiqishga yordam berdi. Jamoa unda sensacion tarzda Greciyaga mag'lub bo'ldi.
Portugaliya JCH-2006da ham ancha uzoqqa bordi, aniqrog'i yarim finalgacha. Krishtianu o'sha turnirda faqatgina Eron termasi darvozasiga bitta to'p kiritdi, ammo jamoasi uchun barcha narsaga tayyor edi va MYUdagi sherigi Ueyn Runining chetlatilishiga ham erishdi. 3-o'rin uchun o'yinda nemislardan uchralgan mag'lubiyat Ronalduni juda xafa qildi.
Krishtianu Evro-2008ga etakchi va asosiy tarkibning mustahkam o'yinchisi sifatida keldi. Portugaliyaliklar Turkiya, CHexiya va SHveycariya joylashgan guruhda o'ziga ishongan holda birinchi o'rinni qo'lga kiritdi, ammo chorak finalda nemislar sabab turnirni tark etishdi. Ronaldu esa bitta gol va uchta assist qayd etdi.
JCH-2010 – Krishtianu Portugaliyani sardor sifatida boshlab borgan ilk yirik turnir. Muvaffaqiyatsiz: portugaliyaliklar guruhda faqatgina bitta g'alabaga erishishdi (KXDR bilan 7:0) va 1/8 finalda bo'lajak chempionlar bo'lmish ispanlardan mag'lubiyatga uchrashdi. Ronaldu koreyslarga qarshi o'yindagi gol va assist bilan cheklandi. Va o'shandayoq sardorlik bog'ichini maysaga uloqtirdi.
Evro-2012 Portugaliya uchun ham, Krishtianu uchun ham muvaffaqiyatliroq kechdi. Portugallar Germaniya, Niderlandiya va Daniya joylashgan qiyin guruhdan ikkinchi o'rin bilan chiqqan holda chorak finalda CHexiyani mag'lub etishdi, ammo yarim finalda yana ispanlarga tushib qolishdi va penaltilar seriyasida imkoniyatni boy berishdi. Ronalduning o'zi uchta muhim golni urdi – niderlandiyaliklarga qarshi so'nggi turda ikkita va chexlar bilan chorak finaldagi g'alaba goli.
JCH-2014 portugaliyaliklar uchun Ronaldu davridagi eng muvaffaqiyatsiz turnir bo'ldi – ular hatto guruhdan ham chiqa olishmadi. Ilk turda nemislar (0:4)ga mag'lub bo'lgan Portugaliya keyingi ikki o'yinda 4 ochko jamg'ardi, ammo yomon to'plar nisbati sabab o'rnini amerikaliklarga bo'shatib berdi. Krishtianu jamoani qutqarishga urindi, AQSH bilan o'yinda assist va Ganaga qarshi bahsda gol urdi, ammo bu etarli emasdi.
Evro-2016 – Ronaldu va Portugaliya bu turnirda g'olib bo'lishdi. Jamoa Islandiya, Vengriya va Avstriya joylashgan guruhdan uchta durang bilan chiqishdi, so'ngra Xorvatiya, Polsha va Uelsdan o'tishdi. Ronaldu finalda dahshatli Franciyaga qarshi o'yinda jarohat oldi, ammo portugaliyaliklar o'yinni overtaymlarga qadar olib borishdi va unda Ederning sehrli goli barchasini hal qildi. Krishtianu turnirda uchta gol va uchta assist ijro etdi.
JCH-2018 Portugaliya uchun Ispaniya (3:3)ga qarshi yorqin o'yin bilan boshlandi, Krishtianu unda xet-trik qayd etdi. Ronaldu keyingi Marokashga qarshi o'yinda g'alaba golini urdi. Eron (1:1) bilan durangdan so'ng portugaliyaliklar 1/8 finalda Urugvay bilan tushishdi va 1:2 hisobida mag'lub bo'lishdi.
Krishtianu Evro-2020ning guruh bosqichida ajoyib samaradorlik qayd etdi. Portugaliyaliklarning raqiblari Vengriya, Germaniya va Franvciya bo'ldi va unda Ronaldu 5ta gol va 1ta assist qayd etdi. Portugaliyaliklarni 1/8 finalda Belgiyaning "oltin avlodi" kutib turardi – Ronaldu bu erda ojiz qoldi.
Krishtianu JCH-2022da o'zining eng yomon talqini ko'rsatdi – ammo, Marokashga qarshi o'yindan so'ng turnirni tark etish baribir juda yoqimsiz bo'ldi.
Yakun?
Alisher Ostonov tarjimasi
Fikrlar