Ronaldu Pelening natijasini takrorladi
18 dek 2016 18:11
Yangiliklar
Ronaldu Pelening natijasini takrorladi
Real hujumchisi Krishtianu Ronaldu klublar o'rtasidagi JCH finalida Kashima Antlersga qarshi o'yinda (4:2) uchta gol urdi.
SHu tariqa, 31 yoshli portugaliyalik futbolchi musobaqa finalida xet-trik qayd etgan braziliyalik Pelening natijasini takrorladi. Pele Qitalararo kubogi finalida uchta gol urgandi, keyinroq bu musobaqa klublar o'rtasidagi Jahon chempionatiga aylantirilgan.
Ronaldu klublar o'rtasidagi Jahon chempionatida gollari sonini 5taga etkazib mutloq to'purarlar Luis Suares ("Barselona"), Lionel Messi ("Barselona") va Sezar Delgadoga ("Monterrey") etib oldi.
Futbolchi Real safida o'zining 40-xet-trigini rasmiylashtirdi.

Saytimizning Telegram dagi kanaliga obuna bo'ling - telegram.me/championatasia
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Манба: Абдуқодир Ҳусанов — Осиёнинг 2025 йилдаги энг яхши ёш футболчиси!
АПЛ. Дуранглар оқшоми: байрамдан кейин жамоалар ғолиб бўлишни исташмади
Расман: "Челси" ва Энцо Мареска ўзаро келишув асосида ҳамкорликни тўхтатди
Fikrlar