Ronaldu o'z sovrinini Bernardu Silvaga berib yubordi FOTO

Narzulla Saydullayev
26 iyun 2017, 06:17
Portugaliya terma jamoasi sardori Krishtianu Ronaldu Konfederatsiyalar kubogi 3-turida Yangi Zelandiyaga qarshi o'yinning (4:0) eng yaxshi futbolchisi deb topilgandi.

32 yoshli futbolchi ushbu sovrinni jamoadoshi Bernardu Silvaga taqdim etdi. Silva ham Ronaldu kabi o'sha o'yinda gol urgandi va jarohat tufayli tanaffusda almashtirilgan edi. Umuman olganda Ronaldu guruh bosqichidagi uchala o'yinda ham eng yaxshi deb topilgandi.

Ronaldu o'yin tugashi bilan jarohat olgan jamoadoshiga sovrinni taqdim etdi.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: facebook.com/PORTUGAL