Ronaldu o'ynamagani uchun koreyalik muxlislar tashkilotchilarni sudga berishmoqchi
31 iyu 2019 22:36
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/509799_original.jpg)
![](/upload/storage/509799_220.jpg)
Ronaldu o'ynamagani uchun koreyalik muxlislar tashkilotchilarni sudga berishmoqchi
Janubiy koreyalik muxlislar K-Liga Yulduzlari hamda "Yuventus" jamoalari ishtirokidagi uchrashuv tashkilotchilari bilan sudlashishmoqchi.
Gap shundaki, 60 ming muxlis ushbu uchrashuvga tashrif buyurdi va ular Ronalduning o'yinini tomosha qilishmoqchi bo'lishgan. SHartnomaga ko'ra, Krishtianu o'yinda kamida 45 daqiqa o'ynashi shart bo'lgan va o'yindan keyin avtograf sessiyada qatnashishi kerak edi.
Advokat Kim Min-Gi uchrashuv tashkilotchilariga har bir muxlisga chiptalardan 52,40 evrodan, "ruxiy bosim" uchun 0,76 evrodan va shuningdek, 760 evrodan komissiya puli to'lash sharti borasida arznoma tayyorladi.
"Yuventus" rahbariyati esa Krishtianu Ronalduning jarohati bois o'yinga tushmaganini aytishdi.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar