Ronaldu MYUga qaytish borasida Aleks Fergyuson bilan maslahatlashgan
28 avg 2021 01:35
Yangiliklar
Ronaldu MYUga qaytish borasida Aleks Fergyuson bilan maslahatlashgan
Krishtianu Ronalduning MYUga qaytish tafsilotlari malum bo'ldi.
Gap shundaki, MYU Ronalduga taklif yuborishiga aynan Ser Aleks Fergyuson sababchi bo'lgan. 27 avgust kuni ertalab, Krishtianu Ronaldu va Aleks Fergyuson o'zaro telefonda suhbatlashishgan.
Ronalduning "Siti"ga o'tishi haqidagi xabarlar fonida Aleks Fergyuson Krishtianuga qo'ng'iroq qilgan. O'sha vaqtda "Siti" Ronalduga qiziqayotgan yagona klub edi. Ser Aleks Ronalduga qo'ng'iroq qilganidan keyin, MYU ishga kirishgan va futbolchiga taklif yuborgan.
The Athletic nashrining malumotlariga ko'ra, ushbu transferda katta rolni aynan Ser Aleks Fergyuson o'ynadi. Ronalduning agenti Jorj Mendesh bilan yaxshi aloqalari ham Aleks Fergyusonga bu ishni ijobiy hal qilishda yordam bergan.
Fikrlar