Ronaldu MYU safida beshinchi bor ikkitadan ko'p to'p kiritdi
16 apr 2022 21:50
Yangiliklar
Ronaldu MYU safida beshinchi bor ikkitadan ko'p to'p kiritdi
"Manchester Yunayted" - "Norvich" uchrashuvida Krishtianu Ronaldu uchta gol urdi.
7-daqiqada portugaliyalik forvard Entoni Elangining uzatmasidan so'ng bo'sh qolgan darvozani ishg'ol qildi, 32-daqiqada esa Aleks Tellesning burchakdan uzatgan to'pini boshi bilan aniq nishonga oldi. 76-daqiqada esa xet-trigini nishonladi.
37 yoshli forvard joriy mavsumda beshinchi marta “Manchester Yunayted” safida ikki yoki undan ortiq gol urdi. U "Tottenxem"ga (3:2) qarshi o'yinda xet-trik qayd etgan, shuningdek, "Arsenal" (3:2), "Atalanta" (2:2) va "Nyukasl" (4:1) klublari darvozasiga ikkita gol kiritgandi.
Joriy mavsum Premer-liganing 26 uchrashuvida hujumchi 15 ta gol urdi.
Fikrlar