Ronaldu muxlislariga murojaat qildi
29 jan 2022 07:36
Yangiliklar
Ronaldu muxlislariga murojaat qildi
"Diqqat bilan eshiting, hozir aytadiganlarim chin yurakdan chiqmoqda. Bu platforma ko'tarilganda (Ronaldu muxlislar qarshisiga er ostidan ko'tariladigan platforma orqali chiqib kelgandi - tahr.) meni bu darajada ko'p odam kutib oladi deb o'ylamagandim.
Siz - men yana harakat qilishim va futbol o'ynashim uchun motivaciyasiz. Sizlarsiz futbolda kamchilik yuzaga keladi, chunki bizni muxlislar boshqarishadi. Siz beradigan iliqlik, motivaciya va mehr menga g'urur bag'ishlaydi.
Buni tasvirlash uchun so'zlarim etishmayapti, ammo shuni aytishni istardimki: bu erga kelganingiz, gaplarimni eshitganingiz uchun barchangizga rahmat. Bilaman bundan ko'prog'ini kutgandingiz. Ammo eng asosiysi - mana shunday qisqa lahzalar. Kelganingiz uchun rahmat, men buni juda qadrlayman", - dedi futbolchi Dubayda o'tkazilgan Butunjahon ko'rgazmasi vaqtidagi chiqishda.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
АПЛ. "Арсенал" "Астон Вилла"нинг ғалабали сериясига нуқта қўйди. МЮ аутсайдерни мағлуб эта олмади
ОЧЛ 2 плей-офф босқичига қуръа ташланди: Роналду етакчилигидаги "Ал Насср" "Арқадағ" билан ўйнайди
Месси "Америка қироли" мукофотини қўлга кирита олмади. Уни "Фламенго" ярим ҳимоячиси ортда қолдирди
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Fikrlar