Ronaldu may oyida kelajagi borasida bir qarorga keladi
29 mar 2021 22:15
Yangiliklar
Ronaldu may oyida kelajagi borasida bir qarorga keladi
"Yuventus" forvardi ushbu mavsum yakunlanganidan keyin kelajagi borasida bir qarorga keladi.
"Tuttosport" xabariga ko'ra, futbolchi A Seriyaning ushbu mavsumi yakunlanganidan keyin, aniqrog'i, may oyida o'z qarorini klub prezidenti Andrea Anelli hamda klub sport direktori Fabio Paratichiga malum qiladi.
Katta ehtimol bilan futbolchi jamoadan ketmaydi va 2022 yilga qadar mo'ljallangan shartnomani ohiriga bajarib qo'yadi. O'z navbatida "Yuventus" ham futbolchini tarkibda saqlab qolishni istamoqda.
Ushbu mavsumda Ronaldu barcha turnirlarda 34 o'yinda qatnashib, 30 gol va 4 assist qayd etdi.
Fikrlar