Ronaldu: "Madriddagilar "Real"ga qaytishimni istashmoqda"
03 may 2019 16:10
Yangiliklar
Ronaldu: "Madriddagilar "Real"ga qaytishimni istashmoqda"
"Yuventus" hujumchisi Krishtianu Ronalduning so'zlariga ko'ra, "Real"ning ko'plab muxlislari uni Madrid klubiga qaytishini xohlashmoqda.
"Ispaniyaliklar menga yaxshi munosabatda bo'lishgan. Buni unutmayman. Hayotim - ochiq kitob. Madriddagilar meni yaxshi ko'rishadi. "Real" muxlislari klubga borimni berganimni bilishadi. Odamlar meni ko'chada to'xtatib, "Real"ga qaytishim kerakligini aytishyapti. Buni eshitish yoqimli.
Meni keksa futbolchiga chiqarib qo'yganlar ham bor. Ammo hammani hayron qoldirmoqchiman. Ular meni hech qachon muammosi bo'lmaydigan va puldan siqilmaydigan odam sifatida ko'rishadi. Bazilarning fikricha, pul hamma narsani hal qiladi. Odamlarning o'ylashicha, puli borlarda muammo bo'lmaydi. Ular penaltidan gol ura olmasligimni yoki yomon o'ynashimni kutishadi. Bu hayot va men unga tayyorman" - deydi Ronaldu.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
АПЛ. "Манчестер Сити" камбэк орқали "Энфилд"да "Ливерпул"ни мағлуб этди, Ҳусанов 61-дақиқада тўқнашувдан сўнг алмаштирилди
Элит ОЧЛ. "Насаф" турнирдаги дастлабки очкосини қўлга киритди
Роналду "Ал-Насср" раҳбариятига ультиматум қўйди: ёзда ўзгариш бўлмаса, у клубни тарк этади
"Реал" Родрининг "Манчестер Сити" билан шартнома узайтиришини барбод қилмоқчи
Fikrlar