Ronaldu Madridda soch ko'chirib o'tkazish markazini ochdi
19 mar 2019 17:10
Yangiliklar


Ronaldu Madridda soch ko'chirib o'tkazish markazini ochdi
"Yuventus"ning portugaliyalik hujumchisi Krishtianu Ronaldu Madridda soch ko'chirib o'tkazish markazini ochdi.
"Imij men uchun juda muhim. SHu sababli boshqa insonlarga nafaqat sochi, balki o'ziga bo'lgan ishonchni qaytarmoqchiman. Hech qachon bunday proceduradan o'tmaganman, ammo kerak bo'lsa shunday qilaman. Biroq hozir barcha sochlarim o'zimniki" - deydi Ronaldu.
Oldinroq, forvardning sevgilisi Jorjina Rodriges ushbu markazning rahbari bo'lishi haqida xabarlar paydo bo'lgan edi. Unda 150 nafar mutaxassis ishlaydi. Bu markazda bir kun ichida 18 kishiga soch ko'chirib o'tkazish mumkin. Ronaldu ochadigan klinikada eng arzon xizmat 4 ming evroni tashkil qiladi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar