Ronaldu klublar o'rtasida JCHning mutlaq to'purariga aylandi
13 dek 2017 23:40
Yangiliklar
Ronaldu klublar o'rtasida JCHning mutlaq to'purariga aylandi
BAAda davom etayotgan klublar o'rtasida JCHning yarim finalida “Real” hujumchisi Krishtianu Ronaldu “Al Jazira” jamoasi darvozasini ishg'ol etib, uchrashuvda hisobni tenglashtirdi.
Luka Modrichning aniq to'p uzatishidan keyin portugaliyalik futbolchi uzoq burchakka kuchli zarba yo'llab, muvozanatni tikladi. SHu tariqa “Real” hujumchisi ushbu musobaqa tarixida eng yaxshi to'purarga aylandi. Ayni paytda uning hisobida mazkur musobaqalar tarixida 6 ta gol mavjud. Suares, Messi, va Delgado mazkur turnirda besh bor zafar quchishgan.
O’xshash yangiliklar
11:26
O'zbekiston delegaciyasiga Futzal Jahon chempionati-2024 kubogini topshirish marosimi bo'lib o'tdi 0
Fikrlar