Ronaldu kecha Portugaliyaning zaxira futbolchilari bilan mashg'ulot o'tkazishdan bosh tortdi
08 dek 2022 18:16
Yangiliklar
Ronaldu kecha Portugaliyaning zaxira futbolchilari bilan mashg'ulot o'tkazishdan bosh tortdi
SHu sababli asosiy tarkib bilan shug'ullandi.
Kecha hujumchi JCH 1/8 finalidan o'rin olgan SHveycariyaga qarshi o'yinda (6:1) dastlabki daqiqalardanoq maydonga tushgan futbolchilar bilan mashg'ulot o'tkazgani malum bo'ldi.
"Marca" xabariga ko'ra, ushbu o'yinning 73-daqiqasida maydonga tushgan Ronaldu uchrashuvni zaxira o'rindig'ida boshlagan futbolchilar bilan birga ishlashdan bosh tortgan.
Maydonga asosiy tarkibga kiritilgan o'yinchilar kecha trenajyor zalida mashg'ulot o'tkazishdi, ularga Ronaldu ham qo'shildi. SHveycariyaga qarshi o'yinni zaxira o'rindig'ida boshlagan futbolchilar esa maydonda mashq qilishdi.
Ronaldu zaxirada qolgani uchun Portugaliya termasini tark etmoqchi bo'lgan
Fikrlar