Ronaldu jamoadoshlarini tanqid qildi
28 fev 2016 00:35
Yangiliklar
Ronaldu jamoadoshlarini tanqid qildi
- Agarda "Real"da barcha futbolchilar men kabi o'ynashganida hozir turnir jadvalida biz birinchi o'rinda bo'lardik. Matbuot men kerakligicha yaxshi o'ynay olmayotganim haqida yozmoqda. Lekin shuni unutmaslik kerakki, statistika aldamaydi. Men hech kimni ranjitmoqchi emasman. Lekin maydonda zo'r harakat qilsangiz g'alaba qozonish osonlashadi. Menga Pepe, Marselo, Beyl va Benzema bilan birga o'ynash yoqadi. Bu bilan Xese, Kovachich va Lukas haqida yomon gapirmoqchi emasman. Mavsumga yaxshi yoki yomon tayyorgarlik ko'rdik deya olmayman. Bizga jarohatlar ko'p pand bermoqda. "Atletiko" darvozasini ishg'ol etish uchun bizda ko'p imkoniyatlar bo'lgandi. Biz "Atletiko"ni mag'lub etishimiz kerak edi. Lekin futbol shunaqa. CHempionlik uchun kurash deyarli tugadi. Lekin biz ECHLda ham ishtirok etyapmiz. SHu bois bizda motivaciya bor. Menimcha, jamoamizda jarohatlangan o'yinchilarning ko'pligiga sabab bu mavsumga to'g'ri tayyorlana olmaganimizga bo'lsa kerak. Agarda "Barselona"da ham Messi, Saures va Neymar doimiy jarohatlar girdobida tushib qolganida ular peshqadam bo'lishmasdi.
Fikrlar