Ronaldu Italiya sport vaziriga javob qaytardi
16 okt 2020 20:50
Yangiliklar


Ronaldu Italiya sport vaziriga javob qaytardi
Avvalroq, Italiya sport vaziri Vinchenco Spadafora koronavirus bilan kasallangan “Yuventus” forvardi Krishtianu Ronalduni Turinga qaytib, protokolni buzganlikda gumon qilgandi.
“Bu yolg'on, hech narsani buzganim yo'q. “Yuventus” va Portugaliya terma jamoasi bilan kelishgandan so'ng, biz barcha ko'rsatmalarini belgilangan tartibda amalga oshirdik. Italiyadagi men ismini keltirmayotgan erkak, qoidalarni xurmat qilmasligimni aytgandi, ammo bu haqiqatga to'g'ri kelmaydi.
Hatto Turinda ham hech kim bilan aloqa qilmaganman”, deydi Ronaldu.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar