Ronaldu hakam qarorini adolatsizlik deb atadi
15 apr 21:37
Yangiliklar
Ronaldu hakam qarorini adolatsizlik deb atadi
Eslatib o'tamiz, Saudiya Arabistoni Superkubogi yarim finalida "Al Hilol" "Al Nassr"ni 2:1 hisobida mag'lub etdi. 86 daqiqada Krishtianu Ronaldu raqibga tirsagi bilan zarba bergani uchun hakam tomonidan chetlatildi. Qizil kartochka olgan portugaliyalik hakamga qo'l ko'tarishni o'ylab, qo'lini ko'tardi, ammo tezda fikridan qaytdi.
Hakam protokolida Ronaldu "haddan tashqari katta kuch" bilan raqibiga tirsak orqali zarba berganini yozgan. Futbolchi 2 ta bahsga chetlatilishi mumkin.
Saudiya Arabistoni futbol federaciyasi intizom qo'mitasi Krishtianudan o'z harakatlariga izoh berishni so'radi. Futbolchi yozma tarzda tushuntirish berdi.
Malumotlarga ko'ra, Ronaldu "qizil kartochka - adolatsizlik" ekanini yozgan. Portugaliyalik iloji boricha tezroq to'pni maydonga qaytarishni xohlaganini malum qilgan.
Fikrlar