So’nggi yangiliklar

22:40Санжар Турсунов: "Жаҳон чемпионати саралашларида яхши имкониятга эгамиз"  1 22:20Ўзбекистон кубоги. Сўнгги бор финалда қачон водий дербиси бўлган?  10 21:21Ўзбекистон МТЖ Тошкентда йиғинни бошлади. Кулаётган Бобир, хаёл сураётган Ҳожиакбар  9 21:00Эксклюзив интервью. Сречко Катанец: "10 та ўйиннинг барчасида ғалаба қозонмоқчимиз"   8 20:20Умар Эшмуродов: "Ҳеч ким уч очкони осонгина бериб қўймайди. Суперлигамиз Малайзия чемпионатидан анча кучлироқ экан"  6 20:02"Ал Иттиҳод" ПСЖ ярим ҳимоячиси билан шартнома имзолади, here we go!  1 19:38Виктор Осимхеннинг янги жамоаси маълум  8 19:25Рустам Ашурматов: "КХДР терма жамоаси ҳақида тўлиқ маълумотга эга эмасмиз"  9 18:53"Реал"нинг яна бир футболчиси жароҳат олди ва 8 ҳафтага сафдан чиқди  1 18:22Гари Невилл: "Бугун топ-футболчилар МЮга ўтишни истамаяпти"  2 17:22Футзал. Венесуэла футзал терма жамоаси Тошкентга етиб келди  3 16:46Расман: Легионерлардан бири "Ал Насср" билан шартномасини бекор қилди  1 16:00⚡️Сречко Катанец бўлажак рақиб КХДР терма жамоаси ҳақида нималар деди?   8 15:49Де Росси маълумотни тасдиқлади  0 15:19"Ал Иттиҳод" "Арсенал" ярим ҳимоячиси бўйича расмий таклиф юборган  1

Ronaldu faoliyatidagi eng omadsiz yil. Asl muammo "Yuventus", Sarri va A Seriyada! Yangiliklar

Ronaldu faoliyatidagi eng omadsiz yil. Asl muammo "Yuventus", Sarri va A Seriyada!

Krishtianu Ronaldu faoliyatidagi eng yomon yili yakuniga etmoqda.

Muammo yoshi bilan bog'liq emas. Asosiy sabab "Yuventus", Sarri va A Seriya... Ha, Krish sarribolga moslashmoqda va ehtimol, kelasi yil bundan ham ko'proq gol urar. Biroq Sarri noyabr oyidagi ikki uchrashuvda o'yinni kuchaytirish uchun Krishni boshqa bir o'yinchi bilan almashtirdi (hal qiluvchi pallada gol urolmagandi). "Yuventus" ustozi keyinroq portugaliyalikning jarohati borligini bahona qildi, ammo xalqaro tanaffus buni inkor etdi. SHu sababli biz aslida gap nimada ekaniga qiziqdik.

Krishtianuning jarohati bormidi yoki yo'q, bu unchalik ham muhim emas. SHuncha yil davomida uni boshqa futbolchi bilan almashtirishmagan, ana shu narsa muhim. Nima bo'lgan taqdirda ham, Ronaldu shaxsiy statistikasida kerakli natijaga erishish imkonini topadi. Sarri esa uni almashtirib, Ronaldu – supermen emasligiga urg'u berdi. "Yuve" Ronaldusiz shunchaki g'alabaga erisholmaydi deyish noto'g'ri (barcha buni o'tgan yili tushungan) — bazi vaziyatlarda "Yuve" usiz ham g'oliblikka erishgan.

Krish uni almashtirishganidan xursand bo'lmagani aniq. Raqamlar Ronaldu uchun juda muhim. Portugaliyalik uzoq yillik mehnati samarasi o'laroq, hech ham qarimaydigan doimiy g'olib, u jarohatlanmaydi, bir o'zi butun jamoalardan ko'proq gol uradi. Krish futbol tarixida nom qoldirarkan, o'zini shunday eslashlarini istaydi. Aynan shu sabab bazan u Beyl yoki Dibala urishi mumkin bo'lgan jarima zarbalarini ham o'zi "jonli devorga" yo'llab qo'ygan. Uning xizmatlari va jamoaga tegayotgan foydasi tufayli — murabbiylar, jamoadoshlari, xo'jayinlar bu narsani indamay qabul qilgan. Barcha birdek Ron ikki teng kuchli jamoa bo'lsa, o'zi o'ynayotganlarni yaqqol ustunroq qila olishini tan olardi va bu uchun qurbonlikdan qochishmasdi.

Sarri — so'nggi o'n yillikda "boshqacha" qaror qabul qilgan ilk murabbiydir va u buni malum sabablar tufayli amalga oshirdi. 5-6 yil avval Krish yiliga 50ta gol urardi. Bu bilan ko'plab muammolarga nuqta qo'ya olardi. Statistikasi bo'yicha faqatgina Messi u bilan raqobatlashar, qolganlar esa — sezilarli darajada ortda qolib ketgandi. Krish 2019 yil Turin klubi safida 25ta gol urdi — yarim yilini "Inter" bilan janjallashish bilan o'tkazgan Ikardidan 8tagina ko'p... Bu ham etmagandek, "Man Siti"ning zaxira futbolchisi bo'lib qolgan Jezus bilan deyarli bir darajada ekan.

Bu yil Ronaldu — eng yaxshi o'yinchi va dunyoning eng yaxshi to'purari emas. U hatto ikkinchi o'ntalikning o'rtalaridan joy egalladi. (Ronaldu terma jamoa safidagi gollari bilan yuqoriroqda ekani tushunarli. Biroq bu biroz noto'g'ri yondashuv bo'ladi. Sababi, uning raqobatchilari orasida termada o'ynamaydigan yoki boshqa darajadagi raqiblar bilan o'ynaganlar bor. Qolaversa, o'yinlar soniga nazar tashlasak, farq sezilarli darajada katta ekani yaqqol namoyon bo'ladi. Bu Krishtianuning ham xalqaro miqyosdagi o'yinlariga taalluqlidir — bir yili u Litva va Lyuksemburgga qarshi 9ta gol uradi, boshqasida esa Ispaniya, Urugvay yoki yana boshqa bir grandga qarshi o'ynaydi).

Bu esa Ronaldu faoliyatidagi eng yomon yilni o'tkazayotganidan dalolat beradi. Lekin buni yanada aniqroq qilib isbotlash mumkin. So'nggi besh-olti yil ichida Ron o'yindan keraksiz narsalarni izchillik bilan olib tashladi. Fint, pressing va to'p nazoratidagi uzatmalar, yuqoriroq sakrash rekordlari hamda gollarga almashtirdi — shu bilan birga iloji boricha individual baholashni maksimal darajada soddalashtirdi. 

Ronalduning to'p bilan o'ynashi, harakati va jamoadagi ishini baholashning hojati yo'q. Bilasizmi, so'nggi bir necha yildan buyon Krishtianuning o'yinini raqamlar orqali tahlil qilamiz. Joriy yil Ron klub tarkibida odatdagidan 1,5-2 barobar kam gol urdi. Portugaliyalik bundan kamroq gol urganini eslay olasizmi? 2006 yil! O'shanda u 21 yoshda edi. Van Nistelroy unga mayda-chuyda ishlarni buyurar, Ronaldu esa sekin-asta o'z mavqeini ko'tarayotgandi — shu yil Ronaldu o'sha yildagi Krishtianuga ancha yaqin keldi, maqom, o'yin uslubi bilan emas, balki aynan raqamlar bo'yicha yaqinlashdi. So'nggi 5-6 yil ichida "zambarak" aynan shu tufayli maydonga tushadi.


Ronalduning o'yini yomonlashishiga bir nechta sabablar bor

Krish fevralda 35 yoshni qarshiladi, biroq gap yoshda emas. U ko'p jarohatlanyapti va nisbatan sekin o'ziga kelmoqda. Biroq bu holat u bilan birdaniga va aynan shu yili sodir bo'lgani yo'q. U "Real"da ham o'yini pasayayotganini sezgan, ammo juda ko'p gol urgan. Agar u biroz sustlashgan bo'lsa-da, bu narsa uning termadagi ko'rsatkichlariga tasir qilmagan.

Mauricio Sarri jamoaga bosh murabbiy etib tayinlanishi Ronalduni juda noqulay vaziyatga solib qo'ydi. O'shanda Ronaldu endi qisqa paslar bilan o'zini qanday ko'rsatishi tahmin qilinardi va bu borada ham Messi bilan taqqoslanishlarni kutardi — Sarri esa jamoani Krish atrofida qurishdan bosh tortdi. Mauricio o'z poziciyasini noyabr oyidagi janjallardan avvalroq ko'rsata boshlagan (yozda Iguainni qaytarib, Mandjukichni qaydnomadan chiqarib yuborgan). "Real" va Allegri esa buning butkul teskarisini qilgandi.

Sarri mavsum davomida 4-3-3 sxemasidan ham voz kechdi — Ron uchun eng mos taktika. Bundan tashqari, kutilmaganda Krish tufayli Matyuidi ham jamoaning ajralmas bo'lagiga aylangandi (u to'psiz chap qanot yarim himoyachisi poziciyasida o'ynadi va Ronaldu uchun "qora ishni" bajardi). Lekin Matyuidi Sarri futboli uchun muhim o'yinchi bo'lishi mumkin emas.

SHu tariqa Ronaldu o'zining eng kuchli jihatini yuzaga chiqaradigan taktikasiz qoldi va nisbatan kuchsiz tomonlari ko'rinib qoladigan 4-3-1-2 taktikasiga o'tdi Ronaldu qanotdan markazga kirib kelishdi juda foydali, shunda markaziy himoyachilar uni bevosita nazorat qila olmaydilar, Benzemaga o'xshagan sherik esa himoyachilarni o'zi bilan olib ketishi – bunday holatlarda Ron qirol. Markazda u yakka holda bo'sh joy yaratishi va zarba uchun qulay fursatni yaratishiga to'g'ri keladi, yonida esa doimo qo'riqlab yuruvchi ikki himoyachi bo'lardi. SHuning uchun Krish unchalik ham samarali emas va ko'pincha chap qanotda harakatlanadi. Bugungi kunda u Evropada zarba berish soni bo'yicha oldi qatorlarda bormoqda, biroq ko'pincha uning zarbalari aniq bo'lmayapti.

Bu narsa qisman bo'lsa-da A Seriya uslubi bilan ham bog'liq. CHiro Ferrara yarim yil avval Ronalduni ogohlantirgan edi: "Italiyada hamma narsa Ispaniyadagidekmas. Gap himoyachilarda emas, balki o'yin uslubidadir. A Seriyada taktika ko'proq, hattoki kichik-kichik jamoalar ham taktik tomonlama yaxshi tashkillashtirilgan. SHuning uchun vaziyatlar kamroq yaratilmoqda. Krishtianuning muammosi ko'p, u eng ko'pi 25-26tacha gol urmoqda".

Ronaldu o'yini yomonlashishiga yana bir sabab — "Yuventus". "Real" dinamik futbol namoyish etadi va raqib jarima maydoniga "qamalib olishiga" imkon qoldirmasdi. Bunday o'yin uslubida Krishtianuga etadigani yo'q edi. Turinda esa o'ziga xos yarim himoya tashkil topgan: Rabo, Matyuidi, Xedira, Bentankur, Jan — ularning hammasi ortiqcha harakat qilmaydi va u qadar tezkor ham emaslar, to'p bilan asosan bir joyda turib o'ynaydilar, boshqacha o'yin uslubiga moslashishlari juda qiyin. Etibor bersangiz, Ronning bu mavsumdagi deyarli barcha gollari asosan tezkorlik evaziga amalga oshirilgan.

SHu bilan birga, Ronaldu aynan Sarri bilan kosmik darajaga chiqishi mumkin. Sarribol vertikal nazorat va bosim provokaciyasiga asoslangan; faol harakat himoyachilarni chalg'itadi va raqib mudofaa chizig'ida bo'shliqlarni keltirib chiqaradi. "Yuve"ning statik yarim himoyasi unga Krishga moslashganchalik mos emas. Va shu sababli u buni faol tarzda o'zgartirmoqda. Yarim himoyachilarning asosiy qismi yoshi katta, shuning uchun ular keskin o'zgarishi bilan hayratga solishi qiyinroq. Biroq ushbu tarkib bilan ham o'sishga sabablar etarli. Bentankur bir necha oy ichida zaxira o'yinchisidan muhim futbolchiga aylandi: yanada aniq, dinamik va o'z vazifalarini hal qila boshladi (Pyanichga o'yin qurilishida yordam berib, to'p etkazib beryapti). U golli uzatmalar bo'yicha klubda etakchi hisoblanadi. Agar Rodrigo shu yo'sinda davom etsa, oradan bir necha oy o'tib Sarrining ideal yarim himoyachisi 2ta bo'lishiga shubha yo'q (Pyanich doim shunday bo'lgan). Matyuidi qisqa to'p oshirishlarda o'zini yo'qotib qo'yadi, ammo pressingda unga etadigani Turin klubida yo'q.

Sarri jamoa "qurilishi"ni yakunlaganidan so'ng, Ronaldu dinamik hujum tizimida bo'ladi: u erdagi o'yin ham uning asosida qurilmaydi, ammo bunday bo'lishi shart ham emas. Sababi yosh o'tgan sari yo'qotiladigan narsalar Ronaldudan umuman talab qilinmaydi — tezlik, kuch, har taymda minglab zarba berish. U faqatgina o'z rolini tushunsa bo'ldi, Krish esa so'nggi oyda buni juda yaxshi uddaladi.

Aynan hozir Krishtianu faoliyatidagi eng yomon yilni o'tkazmoqda. U yoshligida tezkorligi hamda o'ziga xos texnikasi tufayli millionlab muxlislar qalbidan joy egallagan, ammo u avvalgidek "porlamaganiga" ancha bo'ldi. U endi tinimsiz gollar bilan bizni xursand qilayotgani yo'q. Ammo bu — barchasi tamom degani emas! Messi oltinchi "Oltin to'p"ni qo'lga kiritdi, Krishtianu esa hali qarib qolganini tan olganicha yo'q — shunday ekan hikoyaning davomi borligiga ishonamiz. Ronaldu oxirgi 5 o'yinda 6ta gol urishga erishdi — shunday ekan, kelasi yil o'zini ko'rsatishiga sabablar etarli.


Nozima Zaripova tarjimasi

Reyting: +21   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика