Ronaldu YCHLdagi g'alabalari soni bo'yicha Kasilyasni ortda qoldirdi

2 okt 2019, 08:30
Portugaliyalik futbolchi kecha “Yuventus” safida YCHLning 2-turidan o'rin olgan “Bayer”ga qarshi bahsda jamoasi bilan g'alabaga erishdi - 3:0.

Bu Krishtianu Ronaldu uchun YCHLda qo'lga kiritilgan 102-g'alabali o'yin bo'ldi. Natijada Ronaldu 101 ta o'yinda g'alaba qozongan “Real” va “Portu” klubi sobiq posboni Iker Kasilyasni ortda qoldirdi. G'alaba qozonish bo'yicha keyingi eng yaxshi natijalar “Barselona”ning sobiq va amaldagi a'zolariga tegishli. Jumladan, Xavi hisobida 91 ta, Messida esa 80 ta g'alaba mavjud.

O'xshash yangiliklar


Manba: Gracenote Live