Ronaldu bilan shug'ullangan sprinter: "Krishtianu hech qachon hozirgidek tez bo'lmagan"
06 iyu 2019 20:10
Yangiliklar
Ronaldu bilan shug'ullangan sprinter: "Krishtianu hech qachon hozirgidek tez bo'lmagan"
Portugaliyalik engil atletikachi va sprinter Frensis Obikvelu "Yuventus" forvardi Krishtianu Ronalduning jismoniy holati haqida gapirdi.
34 yoshli hujumchi bu yozda yuguruvchi bilan sprintlarni mashq qildi.
"Biz nafaqat kuch va portlovchi tezlik, balki chidamlilik ustida ham ishladik.
Angliyada u qanotda o'ynab, ko'p energiya sarflardi, Ispaniyada esa biroz o'zgardi. Bu bilan u tezligini yo'qotdi deya olmayman: Aytishlaricha, u hech qachon hozirgidek tez bo'lmagan.
Bunday o'ylashda davom etsa, u 40 yoshgacha to'p tepa oladi. Krishtianuda qiziqqonlik hislati bor, bu xuddi iqtidor kabi muhim: U yangi uslublarni o'rganadi, tajriba qilishga urinadi.
Uni mashg'ulotda ko'rib, Ronaldu 35 yoshda deya olmayman" - degandi Obikvelu.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Осиё чемпионига айланган U-17 терма жамоасининг 5 нафар футболчиси "Андижон"да!
Сергеев келажаги бўйича бир қарорга келди
Черан "Андижон" таклифини рад этди ва бошқа бир жамоага ўтмоқда
Манба: Абдуқодир Ҳусановни АПЛнинг бошқа топ-клуби 47 миллион фунтга сотиб олишга тайёр
Fikrlar