Ronaldu "Atalanta"ga qarshi o'yinni o'tkazib yuboradi
17 apr 2021 17:16
Yangiliklar
Ronaldu "Atalanta"ga qarshi o'yinni o'tkazib yuboradi
"Yuventus" forvardi Krishtianu Ronaldu "Atalanta"ga qarshi Italiya chempionati 31-tur doirasidagi o'yinni o'tkazib yuboradi.
Bu haqda "keksa sinora" ustozi Andrea Pirlo aytib o'tdi.
"Ronaldu "Atalanta"ga qarshi o'ynamaydi, bu jamoa uchun jiddiy yo'qotish. Krishtianuning sonidagi mushakda jarohat bor. Umid qilamizki, Krishtianu bir necha kundan so'ng qaytadi", - deydi mutaxassis.
Ronaldu joriy mavsum A Seriya doirasidagi 27ta o'yinda maydonga tushib, 25ta gol urishga erishdi.
Fikrlar