Ronaldu A Seriyada 24 yil ichida hech kim qila olmagan ishni qildi
28 jan 2019 08:40
Yangiliklar


Ronaldu A Seriyada 24 yil ichida hech kim qila olmagan ishni qildi
Krishtianu Ronaldu A Seriyaning 21-turida “Yuventus” safida safarda “Lacio”ga qarshi maydonga tushib, jamoasining g'alaba goliga mualliflik qildi.
33 yoshli futbolchi shu tariqa A Seriya (Uch ochkolik tizim amalda qo'llana boshlagan 1994/95 yilgi mavsumdan beri) ning 8 ta safar o'yinida ketma-ket gol urdi. SHu tariqa Ronaldu 24 yil ichida bunday natijani qayd etgan ilk o'yinchi bo'ldi.
Ronaldu hozirda A Seriyada 15 ta gol bilan to'purarlar ro'yxatida etakchilar qatorida bormoqda.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar