So’nggi yangiliklar

20:00"Ньюкасл" янги мавсум учун сафар либосини намойиш қилди  0 19:38Расман: Килиан Мбаппе Европадаги энг ёш президентга айланди  1 19:18"Агар сенда "Милан" варианти бўлса, ўйлаб ўтирма!"  0 18:50Расман: Фёдор Чалов — ПАОК футболчиси!  1 18:34Расман: Страхиня Павлович — "Милан" футболчиси  1 18:08"Футбол бола тилидан" лойиҳаси давом этади. Меҳмонимиз - 9 ёшли Камолов Жалолиддин  0 17:52"Вильярреал" ҳимоячиси АПЛга кўчиб ўтади  0 17:30Валерий Кичин: "Александр Крестининнинг қўнғироғидан сўнг "Локомотив"га ўтишим ҳал бўлди"  0 17:00Ханданович "Интер" ўсмирлар жамоасида иш бошлади  0 16:41Эшитдик-да! Ўзбекистон ОТЖ сардори Жасур Жалолиддинов тез орада легионерга айланади  20 16:25"Рома" янги мавсум учун сафар либосини намойиш қилди  0 16:01Дилшод Жўраев: "Ҳозирги кунда "Бунёдкор" ва "Локомотив" турнир жадвалида ўзига ярашадиган ўринда эмас"  5 15:28Дани Ольмо "Барселона" таклифини қабул қилди  7 15:00Расман: "Боруссия" Германия термаси ярим ҳимоячиси билан шартнома имзолади  1 14:41Ўзбекистон футзал терма жамоаси Францияга қарши ўйнайди  1

Ronaldu 5ta, "Real" 9ta gol urdi yoxud "Real" - "Granada" 9:1 Yangiliklar

Ronaldu 5ta, "Real" 9ta gol urdi yoxud "Real" - "Granada" 9:1

Ispaniya chempionatining 29-turidan o'rin olgan "Real Madrid" – "Granada" uchrashuvining matnli translyaciyasini shu erda kuzatib boring.
Real Madrid – Granada 9:1
5 aprel, 15.00, Santyago Bernabeu
Gollar
:  1:0 – 25 Beyl,  2:0 – 30 Ronaldu,  3:0 – 36 Ronaldu,  4:0 – 38 Ronaldu,  5:0 – 52 Benzema,  6:0 – 54 Ronaldu,  7:0 – 56 Benzema,  7:1 – 74 Ibanes,  8:1 – 83, avtogol Maync,  9:1 – 89 Ronaldu.
Real Madrid – Kasilyas, Arbeloa, Ramos, Varan, Marselo, Beyl, Xames (Xese, 61), Kroos (Ilyarramendi, 57), Modrich, Benzema (Ernandes, 61), Ronaldu.
Granada – Olasabal, Baben (Murilo, 61), Maync, Fulke, Riko (Paskual, 57), Iturra, Kandeyash, Ibanes, Karlos, Rochina (Piti, 53), El-Arabi.
Ogohlantirishlar: Piti (64), Arbeloa (87), Murilo (89).


                              MATNLI TRANSLYACIYA
                                        
YANGILASH

Bizni kuzatib borgan barchaga rahmat aytamiz. Navbatdagi o'yinlarda g'oyibona uchrashguncha.

90. O'yin tugadi! "Real" o'z maydonida "Granada"ni 9:1 hisobida tor-mor etdi.

90.
Bugungi o'yinda 10ta gol bo'ldi. Har 9 daqiqaga bittadan gol. Ajoyib shunday emasmi?

89. Modrich jarima to'pini amalga oshirdi, Ronaldu havo jangida g'olib chiqdi va boshi bilan o'zining o'yindagi beshinchi golini urdi - 9:1!

89. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! 9:1! RONALDUUUUUUUUUUUUUUUUU. FLESH!

89. Ogohlantirish. "Granada".
Murilo

88. ZARBAAAAAAAA! EDDI! Jarima maydoni ichida to'pni darvozaga yo'lladi, Kasilyas jamoani goldan qutqardi.

87. Ogohlantirish. "Real".
Arbeloa

86. Hozirgi daqiqaga qadar berilgan zarbalar soni - 30:10

85.
"Granada"ning kam sonli hujumlaridan biri. Kandeyash jarima maydoniga kirib kelib to'pni El Arabiga uzatdi, uning zarbasi kuchsiz chiqdi va Kasilyas to'pni ushlab oldi.

83. O'ng qanotdan Modrich to'pni jarima maydoniga uzatdi, Maync kutilmaganda to'pni o'z darvozaga yo'lladi - 8:1.

83. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! 8:1. Avtogol

80. ZARBAA! Ronalduning erlatib amalga oshirgan zarbasi ustun yonidan o'tib ketdi!

80.
CHicharito jarima to'pi ishlab oldi. Darvozagacha taxminan 25 metr masofa bor.

78.
Beyl va El Arabi jarima maydoni ichida to'qnashib ketishdi. Ikkala futbolchiga ham shifokorlar yordam ko'rsatishdi.

75.
O'yinni stadiondan 71863 nafar tomoshabin kuzatib bormoqda.

73. El Arabining ajoyib pasidan so'ng Ibanes himoyachilardan qochib ketdi va Kasilyas darvozasini ishg'ol qildi - 7:1.



73. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! IBANES! 7:1

70. ZARBAAAAAAAA! Beylning pasidan so'ng Ronaldu darvozaga zarba berdi to'p ustunning yonidan o'tib ketdi!

67.
Marseloning pasidan so'ng CHicharito bosh bilan zarba berdi, darvozabon o'z o'rnida

65. ZARBAAAAAAAAAAAAAAAAA! BEYL! Garet jarima to'pini amalga oshirdi, uning zarbasidan so'ng to'p darvoza to'riga tashqi tomondan tegib maydonni tark etdi!

64. Ogohlantirish. "Granada".
Pichi

62. O'zgarish. "Real". Benzema o'rniga CHicharito tushdi

61. O'zgarish. "Real". Xames o'rniga Xese tushdi

60. O'zgarish. "Granada". Baben o'rniga Murilo tushdi

59. Hozirgi daqiqaga qadar "Real" raqib darvozasi tomon 8ta aniq zarba berdi va 7ta gol urdi

56. O'zgarish. "Real".
Kroos o'rniga Ilyaramendi tushdi

56. O'ng qanotdan Arbeloaning pasidan so'ng Benzema jarima maydoni ichida istaganini qildi va darvozaga o'zining ikkinchi, jamoasining ettinchi to'pini kiritdi - 7:0!

56. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! GOOOOOOOOOL! YANA GOOLLL! BENZEMA! 7:0

55. O'zgarish. "Granada".
Fran Riko o'rniga Eddi tushdi

54. Marselo Beyl tomon dioganal tarzda to'pni uzatdi, Garet darvozabon oldida to'pni Ronalduga uzatdi, Krishtianu boshi bilan darvozaga to'p kiritdi - 6:0.

54. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! 6:0. RONALDU!!! POKER!



53. O'zgarish. "Granada".
Ruben Rochina o'rniga Pichi tushdi

52. Xames burchak to'pini amalga oshirdi, jarima maydoni ichida to'pni tizzasi bilan qabul qilib olgan Benzema ikkinchi harakat bilan to'pni darvozaga mixlab qo'ydi - 5:0.

52. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! BENZEMA! 5:0!

51.
Modrich jarima maydoni tashqarisidan zarba berdi, kuchli lekin noaniq zarba bo'ldi

48. ZARBAAAAAAA! Rochinaning navbatdagi zarbasi, Kasilyas to'pni ikkinchi urinishda ushlab oldi.

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi.


45.
Birinchi bo'lim tugadi. Hozircha 4:0.

43. ZARBAAAAAAAAAAAAAAAAA! Darvoza to'sini! El Arabining 25 metrlardan yo'llagan zarbasi to'singa va maydonga tegib qaytdi!!!

42.
Dastlabki davradagi 4ta golni "Real" bugun 38 daqiqa ichida urib bo'ldi.

41. Ronaldu bugun hozirga qadar darvoza tomon uchta zarba beribdi, uchta zarba va uchta gol...ajoyib natija

40.
"Granada" nimalar bo'layotganini tushunmayapti...Jamoa o'ziga kelib olish uchun to'pni himoyada ushlab turibdi

38. Bu safar Krishtianu o'ylab o'tirgani yo'q, jarima maydoni tashqarisidan darvozaga kuchli zarba berdi, Olasabal to'pni qaytarishga erishdi, ammo u baribir darvozaga kirib ketdi - 4:0.



38. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! 34-golni ham ko'p kutmadik! RONALDU! 

38.
Ronaldu bu mavsumda Ispaniya chempionatidagi 32 va 33-gollarini urdi

36. Marselo chap qanotdan to'pni darvozaga yo'lladi, darvozabon qaytargan to'pni jarima maydoni ichidagi Ronaldu darvozaga yo'lladi - 3:0.

36. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! RONALDUUUUUUUUUUUU! YANA KRISHTIANU! 3:0.



34.
Kandeyashning jarima maydoniga uzatgan to'pini bugun Ispaniya primerosida o'zining 504-uchrashuvini o'tkazayotgan Kasilyas osongina ushlab oldi.

33.
Madrid klubining ishtaxasi ochilib ketdi. Yana nechta gol bo'larkin? Kuzatamiz.

31. Kroos to'pni jarima maydoniga uzatdi, Benzema zarba bera olmadi, Xames to'pni Ronalduga ohistagina tashlab qo'ydi. Krishtianu bunday vaziyatlarda nima qilishni juda yaxshi biladi - 2:0.

31. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! RONALDUUUUUUUUU! 2:0

30.
Xamesning narigi burchakdan uzatgan to'pini El Arabi qaytardi.

30.
Kroosning uzatgan to'pini Varan boshi bilan darvozaga yo'lladi, yana burchak to'pi.

29. ZARBAAA! Ronalduning zarbasi himoyachiga tegib maydonni tark etdi. Navbatdagi burchak to'pi

28.
Garet Beyl mavsumdagi 13-golini urdi. Bu borada u Benzemaga etib oldi.

28. "Granada" burchak to'piga ega bo'ldi. Biroq Kandeyashning pasidan so'ng Ibanes darvozaga zarba bera olmadi.

26.
Hisobni ochgan Garet Beyl



25. Toni Kroosning ajoyib pasidan so'ng himoyachi xatoga yo'l qo'ydi, Beyl to'pni egallab oldi va darvozabonni aldab darvozani ishg'ol qildi - 1:0.

24. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! BEYLLLLLLLL! 1:0

23.
Ibanes jamoasining hujumini yakunlashga urindi, ammo jarima maydoni ichida uni Kroos "kutib oldi".

22. ZARBAAAAAAAAAAAA! QANDAY VAZIYAT!!!! Marselo chap qanotdan to'pni jarima maydoniga uzatdi, bu erda Ronaldudan to'p o'tib ketdi, uning ortidagi Arbeloa zarba berdi, 2 metr masofadan himoyachining yo'llagan zarbasi ustun yonidan o'tib ketdi! Yaqqol golli vaziyat edi, Alvaro hujumchi emasligini eslab qoldi shekilli.

21.
Kroos to'pni Ronalduga uzatdi, Krishtianu himoyachilardan ko'ra darvozabonga yaqinroq ekan, oddiy qilib aytganda ofsayd.

20.
"Granada" asosan qarshi hujumda o'ynamoqda. Katta kuch bilan hujumga o'tayotgan "Real"ni shu tariqa jazolamoqchi.

18. Modrich to'p uchun kurashda



17.
Beylning zarbasi noaniq chiqdi, burchak to'pidan so'ng Benzema boshi bilan noaniq zarba berdi.

14.
"Real" ketma ket ikki bor burchak to'pini amalga oshirdi.

13. XAVFLI VAZIYAT! Ibanes raqib jarima maydoniga kirib keldi va uzoq burchakka zarba berdi, to'p ustun yonginasidan o'tib ketdi

12. ZARBAAAAAAAAA! RONALDUUUUUU! CHap qanotdan jarima maydoniga kirib borgan Krishtianu pastlatib kuchli zarba berdi, to'p darvozaning yaqin ustuni yonidan o'tib ketdi!

10. Xavfli vaziyat!
Karim Benzema to'pni jarima maydoni ichiga Beyl tomon oshirdi, himoyachi kutilmaganda to'pni o'tkazib yubordi, Garet buni kutmagan chog'i darvozaga zarba bera olmay qoldi...

9. ZARBAAAAAAAAAAAAA! Mehmonlardan javob! Ruben Rochina jarima maydoni tashqarisidan kuchli zarba berdi, to'p darvoza to'sini yuqorisidan o'tib ketdi.

8. ZARBAAAAAAAAAAAAA! Ilk xavfli zarba! CHap qanotdan havolatib uzatilgan to'pni Benzema jarima maydoni ichidan to'xtatmay turib darvozaga yo'lladi, darvozabon qiyinchilik bilan bo'lsa ham to'pni qaytardi.

6.
"Real" asosan uzun paslar bilan hujum tashkil qilmoqda bo'lmoqda. Madrid klubining niyati aniq - tezkor gol urish.

4.
Modrich chap qanotdagi Benzemani ko'ra oldi, faqat Karim o'yindan tashqari holatda edi.

3.
"Real"ning javobi...Bu vaziyatda uch nafar futbolchi o'yindan tashqari holatda qolib ketibdi

2. Xavfli vaziyat! Ilk hujumni mehmonlar tashkil etishdi. Kandeyashning jarima maydoni chizig'i ustidan bergan zarbasi himoyachiga tegib yo'nalishini o'zgartirdi. Kasilya o'z o'rnida.

1. O'YIN BOSHLANDI!


- Uchrashuvni Jil Mansano boshchiligidagi hakamlar brigadasi boshqarib boradi.

- Bugun "Real" oq, "Granada" oq-qizil yo'l yo'l formada o'ynaydi.

- Diqqat jamoalar maydonga tushib kelishmoqda...

- Birinchi davrada "Granada" maydonida bo'lib o'tgan bahsda "Real" 4:0 hisobida zafar quchgan. Bugun qanday natija qayd etiladi? Buni tez orada bilib olamiz.

- Muxlislar o'rtasida kichik tanlov o'tkazamiz. Bugun qaysi futbolchi birinchi bo'lim sariq kartochka oladi? Taxminlarni yozib qoldiring...

- Kolumbiyalik Xames Rodriges uzoq muddatlik tanaffusdan so'ng yana safga qaytdi. Anchelotti bugun uni asosiy tarkibga kiritdi.

- O'yinni TAS-IX hududida tomosha qilishni istaganlar uchun aleziya.com saytini tavsiya qilamiz.


- Assalomu alaykum qadrli futbol muxlislari! Ispaniya chempionatining 29-turidan o'rin olgan "Real" va "Granada" jamoalari o'rtasidagi o'yin boshlanmoqda.

- O'yin soat 15:00da boshlanadi.



Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика